So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

09 jan 14:14
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Mang'itda zamonaviy bolalar suv sporti saroyi qurildi

Teglar :  Suv sporti saroyi
Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tumani Mang'it shahridagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi qoshida yangidan qad rostlagan zamonaviy yopiq suv havzasi foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan barpo qilingan hududdagi ushbu beshinchi obektning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mutaxassislarning fikricha, suzish inson organizmi uchun g'oyat foydali. Bu jarayonda tanadagi barcha mushaklar faol harakat qiladi, chiniqadi. Natijada qon aylanish tizimi yaxshilanadi. Suzish, ayniqsa, yosh organizmga quvvat beradi, immunitetni mustahkamlaydi. Suvda suzgan kishining asablari tinchlanib, kayfiyati ko'tariladi. SHu bois, 2017-2021 yillarda birgina Qoraqalpog'iston Pespublikasining 11 ta tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktablari qoshida yopiq suv havzalarini yangidan qurish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi tegishli qarori asosida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasining manzilli dasturiga Qoraqalpog'iston uchun 5 ta obekt kiritilgan edi. Ushbu hujjat asosida Qorao'zak, CHimboy, Ellikqala tumanlari va Nukus shahrida zamonaviy yopiq suv havzalari qurildi.

– Amudaryo tumanida 2018 yil iyun oyida boshlangan ushbu obekt qisqa muddatlarda sifatli qurib bitkazildi, – deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Qahramon Reymov. – Ushbu yopiq suv havzasining smeta bahosi 4 milliard 876 million so'm. Obektda 11x25 metr o'lchamdagi suzish havzasi, murabbiy va shug'ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish xonalari hamda tomoshabinlar uchun o'rindiqlar mavjud.

Mazkur suzish havzasining foydalanishga topshirilishi tuman yoshlari uchun quvonchli voqea bo'ldi. Endilikda Bolalar va o'smirlar sport maktabida suzish to'garagi tashkil etilib, hududda suv sporti turlarini ommalashtirish, yoshlarning sog'lom ulg'ayishi uchun yanada keng sharoit yaratiladi.

Tadbirda O'zbekiston Pespublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev ishtirok etdi. 

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing