So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

03 iyu 18:51
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol, Qiziqarli!

Maradona boksni yaxshi ko'rardi: u Tayson bilan do'st bo'lgan va janglarni kassetalarda tomosha qilardi. U hatto jahon chempioni bilan ham jang qilgan!

Teglar :  Diego Maradona
"Otam menga bu erkaklarning sporti ekanligini tushunishimga yordam berdi"

Diego Maradona boksni yaxshi ko'rardi: u Mayk Tayson bilan do'st bo'lgan, Muhammad Aliga qoyil qoldi va argentinaliklarning janglarini o'tkazib yubormadi. 1996 yilda u sobiq jahon chempioni Santos Lasiaraga qarshi ringga chiqdi.

Maradona boksni katolik otasi tufayli sevib qolgan - u buni erkaklar sporti deb atagan va Muhammad Alini ko'rib yig'lagan

Maradona kambag'al katolik oilasida o'sgan, u oilada beshinchi farzand edi. Diego bolaligidan otasi Don Diego kabi boksga mehr qo'ygan. Maradona futbolchi bo'lgach bokschi vatandoshlarining janglarini kuzatib bordi. Argentina terma jamoasi darvozaboni Luis Islas: "Maradona televizorda boks tomosha qilishni juda yaxshi ko'rardi"- degan intervyularining birida.

1981 yilda Maradona Las-Vegasga yo'l oldi. Vegasda otasi bilan Sugar Rey Leonardning Tomas Xirnsga qarshi afsonaviy jangini tomosha qildi hamda u erda  Muhammad Ali bilan uchrashganda ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi. Futbolchi 1994 yilda Mayk Tayson bilan birga TV uchun intervyu bergan. "U mening qahramonim va do'stim edi. Diegoni qattiq hurmat qilardim. Uning yo'qligi juda bilinadi", - dedi Tayson futbolchining o'limidan keyin.



1996 yilda Maradona jahon chempioniga qarshi ringga ko'tarildi - raqib undan 14 kg engilroq chiqdi. Diego durangga loyiq edi va yakunda u hazil sifatida hakamni kaltakladi


Maradona nafaqat janglarni kuzatardi, balki mashg'ulotlarda ham ishtirok etgan: 1996 yilda u uch raund davom etgan ko'rgazmali jangda jahon chempioni Santos Lasiarga qarshi ringga chiqqan. O'shanda Maradona 36 yoshda edi: o'sha vatqda u Argentinaning "Boka Xuniors" klubida o'ynardi. Klub unga afsona sifatida boksdagi debyutini o'tkazishga ruhsat bergan.

Santos Lasiar Argentinaning eng yaxshi bokschilaridan biri hisoblangan. U 1981 yilda Janubiy Afrikada mahalliy bokschi Piter Matebulani nokautga uchratib, WBA kamarini qo'lga kiritgan va yulduzga aylangan. 15 yildan so'ng Lasiar nafaqaga chiqdi. U Maradona bilan do'st bo'lgan. Jang oldidan bergan intervyusida Diego boksga bo'lgan muhabbat otasidan o'tganini aytdi:

"Men barcha argentinaliklarning janglarini ko'raman. "Napoli"da o'ynaganimda janglarni yozib olmasam, ular men uchun kasetalarni Italiyaga yuborishdi. Men butun hayotim davomida boksni yaxshi ko'rardim, otam bu haqiqiy erkaklarning mashg'uloti ekanligini tushunishimga yordam berdi. Bazilar buni sport emas, deyishadi. Lekin menimcha, boks erkaklar uchun eng yaxshi sport turi. Bu sportda kuchli texnikaga ega bo'lgan, aqlli inson g'olib bo'ladi".

Tarozida Maradona 75,3 kg, Lasiar 61,45 kg natija ko'rsatdi. Ring Kordovadagi "General Paz Juniors" sport zalida o'rnatildi. Jangchilar shlemlarda jang qilishgan. Maradona yaxshi harakat qildi: u zarbalar berdi, Lasiar esa zarbalarni ustalik bilan chetlab o'tdi. Bu ko'rgazmali jang bo'ldi – yakunda sportchilar hazil sifatida hakamni kaltaklashiga sal qoldi.


Jangdan so'ng Maradona to'p bilan virtuoz shou ko'rsatdi. Jangdan tushgan barcha mablag' xayriyaga yo'naltirildi. Maradona jang do'stona tarzda o'tganini tan oldi: "Mening boks tushish niyatim yo'q edi. Har bir argentinalik orzusini ro'yobga chiqargan holda, Lasiarga qarshi ringga chiqqanimdan juda xursandman".


Maradona futbol maydonida Ispaniya qiroli oldida mushtlashgan – u uch oyga diskvalifikaciya qilingan. SHundan so'ng u "Barselona"ni tark etdi

Lasiarga qarshi jang Maradonaning videoga tushgan birinchi jangi emas. 1984 yilda "Barselona" Ispaniya kubogi finalida "Atletik" bilan o'ynadi. Final hushtagi chalinganidan so'ng "Atletik" futbolchilari Maradonaga nisbatan qo'pollik qilishdi.

O'shanda Maradona eng qimmat futbolchi edi: 1982 yilda u "Boka Xuniors"dan rekord darajadagi 1,2 milliard peset (8 million dollar) evaziga sotib olingandi. Maradonaga qarshi o'yinda "Qassob" laqabli kuchli himoyachi Andoni Goykochea gol urdi. 1983 yil sentyabrida u qo'pollik bilan Maradonaning to'pig'ini sindirdi – uning faoliyati xavf ostida edi, biroq Diego maydonga qaytdi.

1984 yilgi Ispaniya kubogi finalida Goykochea Maradonani yana mag'lub etdi. Uchrashuv “Atletik”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va tribunadagilar Maradona va uning otasini haqorat qilishdi. Bu maydonda katta mushtlashuv bilan yakunlandi: avvaliga Maradona "Atletik"ning zaxiradagi futbolchisi Migel Anxel Solni tizzasi bilan (jag'ini sindirib) nokautga uchratdi, keyin esa butun jamoa ishkalga aralashib ketdi.



"Atletik" futbolchilari bunga dosh bera olishmadi, Goykochea aralashib, Maradonani ko'kragiga tepib yiqitdi. Jamoadoshlari Diegoga yordam berishdi, shundan so'ng tartibsizlik ommaviylashdi. Muxlislar stullarni sindirib, maydonga tushib ketdilar, vaziyatga policiya hodimlari ham qo'shildi.

Stadionda Ispaniya qiroli Xuan Karlos hamda minglab muxlislar bor edi. Policiya janjalni bostirdi va "Barselona" futbolchilarini kiyinish xonasiga olib ketdi. "Maradona qanday janjal chiqarganini va shundan keyin maydonda qanday tartibsizliklar yuzaga kelganini ko'rib, nihoyat tushunib etdimki, biz bir yo'lda emasmiz", - dedi o'sha paytdagi "Barselona" prezidenti Xosep Luis Nunes.

Klubda Diego janjal va rejim buzilishi tufayli muammoli deb hisoblangan. Klub prezidenti ruxsatsiz ketib qolmasligi uchun Diegoning pasportini ham olib qo'ygan. Janjal bilan bog'liq voqeadan so'ng Maradona uch oyga diskvalifikaciya qilindi. Ammo "Barselona" undan qutulganidan keyin - Diego "Napoli"ga o'tdi va u erda afsonaga aylandi.

Xorij saytlari asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing