So’nggi yangiliklar

14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0

27 sen 20:07
Yangiliklar

Gimnastika, Osiyo o'yinlari

Markaziy Osiyo davlatlarining medallar jamg'arish reytingidagi o'rni qanday?

Osiyo o'yinlarining to'rtinchi kungi bahslari ham o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekiston kunni 1 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan yakunladi. 

To'rt kunlik natija bo'yicha bizning sportchilar 6 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza medalini naqd qilib, medallar jamg'arish reytingida 4-o'rinda bormoqda. O'zbekiston Osiyo o'yinlariga 390 nafar sportchi bilan yo'l olgan.

Xo'sh, medallar jamg'arish bo'yicha mintaqamiz delegaciyalarining ahvoli qanday?

Jonajon qo'shnimiz, Osiyo o'yinlaridagi raqobatli kunlarimiz hali oldinda bo'lgan Qozog'istondan boshlaymiz. Qozoq «baur»larimiz biroz g'azabda. Negaki, ular o'zlarining ilk oltin medallarini musobaqaning 3-kuniga kelibgina qo'lgan kiritishdi. Undan tashqari, o'zlarining asosiy raqobatchisi deb hisoblaydigan O'zbekiston ketma-ket medallarni olayotgani, reytingda yuqori o'rinlarni egallab turgani qozoq sport ihlosmandlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda rezonansga aylandi.

524 nafar atlet bilan musobaqalarda ishtirok etayotgan qozog'istonliklar 1 ta oltin, 2 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan medallar jamg'arish reytingida 12-o'rinni egallab turibdi.

Tojikiston. 105 nafar atlet bilan Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan tojikistonliklar hozircha 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza bilan reytingning 15-o'rnini band qilmoqda. Har uchala medal ham Tojikiston dzyudo federaciyasining erkaklar terma jamoasi tomonidan qo'lgan kiritilgan.


Qirg'iziston medallar jamg'arish reytingida 16-pog'onada turibdi. Hozircha ularning hisobida 1 ta oltin, 2 ta bronza medali mavjud. Oltin medal dzyudochi Erlan SHehov(-90 kg) tomonidan qo'lga kiritilgan bo'lsa, bronzalarni ushuchilar taqdim etishdi. Malumot uchun Qirg'iziston delegaciyasi uzoq kutilgan Osiyo o'yinlariga 160 nafar sportchi bilan yo'l olgan.


Xitoyga 105 nafar sportchi bilan borgan Afg'oniston delegaciyasining 3 ta bronza medali bor. Medallardan biri ayollar o'rtasidagi taekvondo bahslarida qo'lga kiritilgan. 2 ta bronza esa ushu sport turidan olingan. Ushbu natija afg'onlarni 28-o'rinda ushlab turibdi.


Turkmanistonda vaziyat ancha qiyin. Ularda bitta bronza medal bor va medallar jamg'arish reytingida 29-pog'onada. Turkmaniston sportchilar delegaciyasi 57 nafar atletdan iborat. Yagona bo'lib turgan medalga ayollar o'rtasidagi dzyudo bellashuvlarida erishilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing