So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

12 noy 12:20
Yangiliklar

O'q otish, Tadbirlar

Matchanov kamondan otish bo'yicha selekcioner murabbiy bilan uchrashdi

Teglar :  KamonMOQMatchanov
Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov avgust oyida Turkiyada Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o'tkazgandi.

So'ngra, oktyabr oyida O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imomov hamkorlik rishtalarini yo'lga qo'yish, o'zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, mamlakat kamondan otish federaciyasi rahbari Ug'ur Erdener bilan uchrashgan va bir qator muhim masalalar bo'yicha kelishuvga erishgandi. Ushbu kelishuvga ko'ra, Turkiyada faoliyat olib borayotgan murabbiylar O'zbekistonga tashrif buyurib, sportchilarimiz uchun mashg'ulotlar, mahorat saboqlari tashkil etib berishlari lozim edi. SHuningdek, selekciya masalasida ham ular murabbiylarimizga yaqindan yordam berishlari bo'yicha kelishib olingandi.

Ana shu hamkorlik samarasi o'laroq, ayni paytda Turkiyada faoliyat olib borayotgan gruziyalik murabbiy, Olimpiya o'yinlari, Jahon va Evropa chempionati sovrindorlarini tarbiyalagan mutaxassis Vladimir Lekvishvili kuni kecha yurtimizga tashrif buyurdi va Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi. MOQda u Bosh kotib Jasur Matchanov va O'zbekiston kamondan otish federaciyasi raisi Otabek Imomovlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar kamondan otish sportining O'zbekistondagi holati, sportning ushbu turini rivojlantirish bo'yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gaplashishdi. Jasur Matchanov mehmonga O'zbekistonda kamondan otish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va rejalar haqida gapirib berdi. SHuningdek, sportning ushbu turi bo'yicha Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritish bugungi kundagi dolzarb masala ekanligini aytib o'tdi.

Uchrashuv so'ngida Jasur Matchanov ananaga ko'ra murabbiyga Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan esdalik sovg'asini taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, 12-17 noyabr kunlari Samarqand shahrida kamondan otish bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston ochiq kubogi tashkil qilinadi. Murabbiy bugun start oladigan musobaqaga tashrif buyuradi va selekciya masalalarida terma jamoamiz murabbiylariga yordam beradi. SHuningdek, sportchi va murabbiylar uchun master-klass ham o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing