So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

13 avg 20:50
Yangiliklar

Boshqalar

MDH o'yinlari: o'yinlarning so'nggi kuni yakunlandi

Teglar :  MDH o'yinlari
MDH o'yinlarida so'nggi kun bellashuvlari yakunlandi.

O'zbek sportchilarining 13 avgust kungi ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Kun davomida medal qo'lga kiritgan sportchilarimiz ro'yxati bilan tanishing. 



20:20. Karate. Mohlaroyim Hakimjonova terma jamoamiz hisobiga kumush medalni qo'shib qo'ydi. 


20:14. Ayollar kurashi. Feruza Esenbaeva bronza medaliga sazovor bo'ldi.


20:00. Karate. Alisulton Xojiev kumush medalga ega chiqdi.


19:11. Ayollar kurashi. Nigina Sobirova rossiyalik raqibasidan ustun keldi va bronza medalini qo'lga kiritdi. 


18:50. Ayollar kurashi. Jasmina Immaeva kumush medal sohibasiga aylandi


17:35. Karate. Moxlaroyim Hakimjonova finalga yo'l oldi. Birozdan so'ng u oltin medal uchun bahs olib boradi.


16:42. Sambochi Ixtiyor Eshmurodov finalda rossiyalik raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi va navbatdagi oltin medalni delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi!


16:30. Sambo. Qobiljon Ahmedov finalda mo'g'ulistonlik raqibidan ustun keldi va oltin medalga sazovor bo'ldi! 


16:16. Sambochimiz Muxlisa Qodirberganova finalda mezbon raqibasiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.


16:00. Muaytaychilarimiz musobaqani 11 ta medal bilan yakunlashdi. Vakillarimiz 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. O'zbekiston muaytaychilari MDH o'yinlarida 12 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. 


15:34. Muaytay. Abdufattoh Aliakbarov kumush medalni delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'ydi. 


15:19. Toshkent vaqti bilan soat 16:00dan boshlab samboda finallar boshlanadi. Unda uch nafar hamyurtimiz oltin medal uchun bahsga kirishadi.


15:15. Muaytaychi Muxlisbek G'anijonov kumush medalga sazovor bo'ldi. 


14:35. Muaytay. Anisjon Hakimovdan oltin medal!


14:27. Muaytay. Zubayr Husanovdan kumush medal.


14:20. Sambo. Ixtiyor Eshmurodov va Qobuljon Ahmedov finalga yo'l oldi.


13:55. Sambo. Muxlisa Qodirbergenova finalga yo'l oldi


13:50. Muaytay. Sevinch Toshpo'latova kumush medal qo'lga kiritdi.


13:37. Sambo. Madina Salohiddinova va CHarosxon Ozodova bronza medalini qo'lga kiritdi.


13:15. Muaytay: -45 kg vazn toifasida Nazinaxon Abdullaeva oltin medalni qo'lga kiritdi!


13:00. Ayni paytda sambochilarimiz saralash bellashuvlarini o'tkazishmoqda. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing