So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

05 sen 10:05
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA

MDH o'yinlarida 9 davlat orasida 7-o'rindamiz, hozircha + JADVAL

Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stlik o'yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslaridan so'ng O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni roppa-rosa 10 taga etdi. Erkin kurashchimiz Namoz Abdurashidov (125 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan 4 nafar charm qo'lqop ustamiz bronza medallari bilan kifoyalanishdi. Yunon-rum kurashchilarimiz 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Hozircha 10 ta medalga ega bo'lib turgan O'zbekiston sport delegaciyasi MDH o'yinlarida qatnashayotgan 9 davlat sport delegaciyalari orasida 7-o'rinni egallab turibdi. Bugun 7 nafar bokschimizning finalda ringga ko'tarilishini inobatga olsak, jadvalda yana ko'tarilish imkoniyatimiz yuqori ekani oydinlashadi.    

Ayni shu daqiqalarda Rossiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 21 ta oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza, jami 33 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishgan. Ozarbayjon 6 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Ikkita oltin, 6 ta kumush, 6 ta bronza medaliga ega Belarus delegaciyasi kuchli uchlikka yakun yasagan. Bizdan avvalgi o'rinlarni Qirg'iziston va Qozog'iston terma jamoalari egallashgan. Qozog'istonning umumiy 28 ta medalidan 23 tasi bronza ekanligi diqqatga sazovor.    

Reyting:    

Fikrlar

   
05 sen 16:02:10
Aziz Ahmedov
Uje 2ta oltin opmiz
   
05 sen 12:39:56
Javohirjon
Tojikiston Qozoğistondan orqadamiz? Nmalar bölyapti yurtdoshlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing