So’nggi yangiliklar

15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0

09 sen 08:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Muaytay, Sambo

MDH o'yinlaridagi medallarimiz 67 taga etdi, shundan 17 tasi "tilla" + JADVAL

Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stlik o'yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning beshinchi kungi bahslaridan so'ng O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni 67 taga etdi. SHulardan 17 tasi oltin medallardir. Kumush medallar soni 26 ta, bronzalar esa 24 tani tashkil etmoqda. 

Kecha "Tulpar" sport arenasida musobaqa dasturidan o'rin olgan muaytay bahslari bo'lib o'tdi. Taybokschilarimiz terma jamoamiz delegaciyasiga 8 ta medal taqdim etishdi. 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Faxriddin Hasanov barcha raqiblarini engib, MDH o'yinlari chempioniga aylandi. U finalda qirg'izistonlik Ularbek Abdievni mag'lubiyatga uchratdi. Parviz Abdullaev (63,5 kg) kumush, Davlatshoh SHamsiev (60 kg), Rahimjon Boltaboev (67 kg), Karimjon Karimov (71 kg), Azizbek Madaminov (75 kg), SHahramxon Hasanxonov (81 kg), Ismatilla Ismatillaev (91 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.       

3x3 basketbolda Farangiz Jalilova, Anastasiya Coy, Ramilya Zamaletdinova, Inna SHekdan iborat ayollar terma jamoamiz bronza medaliga ega chiqdi. O'zbekiston sport delegaciyasi 67 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

Ayni shu daqiqalarda Rossiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha hamon katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Ularga hech kim eta olmasligi kundek ravshan. Mezbonlar 81 ta oltin, 21 ta kumush, 29 ta bronza, jami 131 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishgan. Ozarbayjon 12 ta oltin, 9 ta kumush, 18 ta bronza medali bilan uchinchi o'rinni band etgan. O'n bitta oltin, 29 ta kumush, 39 ta bronza medaliga ega Qozog'iston delegaciyasi to'rtinchi pog'onadan joy olgan. 

Bugun (9 sentyabr) 6 ta sport (dzyudo, karate, badiiy gimnastika, raqs sporti, o'q otish, futzal) turidan bahslar bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing