So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

20 jan 16:11
Yangiliklar

SHaxmat

MDHning eng go'zal shaxmatchisi bilan intervyu

2017 yilning yanvar oyi shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonova uchun omadli keldi.

U Dehlida bo'lib o'tgan halqaro turnirning ayollar musobaqasida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. SHuningdek, MDHning eng go'zal shahmatchilari so'rovnomasida g'olib deb topildi.

SHu munosabat bilan shaxmatchimiz bilan qisqa intervyu uyushtirishga qaror qildik.


- Avvalo Dehlidagi musobaqadan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Dehlidagi musobaqada ilk bor qatnashdim. Bu juda ham katta festival hisoblanadi va bu yili A kategoryasining o'zida 258 kishi qatnashdi. SHunday katta musoboqada birinchi o'rinni olganimdan juda ham xursandman.



- Musobaqada qaysi bahs siz uchun eng omadli bo'ldi? Eng omadsizichi?

- Eng omadlisi oxirgi turda Pranav SHettini yutib muhim ochkoni oldim. Eng omadsizi esa bu musobaqadagi yagona mag'lubiyatim Grover Sahaj bilan bahs bo'ldi.


- Ushbu musobaqada shuningdek, Marat Jumaev va Sarvinoz Qurbonboeva ham ishtirok etishdi. Jumaev uchinchi, Sarvinoz 52-o'rinni egalladi. Siz ayollar o'rtasida birinchi bo'ldingiz va umumiy reytingda 33-o'rinni band etdingiz. Bu o'zbek shaxmatchilari uchun qanchalik yaxshi natija?

- Hindiston shaxmat davlati hisoblanadi va bu erda hamma yahshi o'ynaydi. Reytingi past bo'lishiga qaramay, ularni yutish oson emas. SHuning uchun, bu erdagi har bir yutuqni oson qo'lga kiritib bo'lmaydi. Lekin, O'zbekiston shaxmatchilari bundan yaxshiroq natija ko'rsata olishlariga ishonaman.


- Navbatdagi musobaqada ham ishtirok etar ekansiz. Bu musobaqa haqida batafsil malumot bersangiz.

- Keyingi musobaqam Hindistonning CHennay shahrida bo'lib o'tadi. Bu musoboqada ham 300ga yaqin shaxmatchi ishtirok etadi.



- So'nggi savol MDHning eng go'zal shaxmatchisi bo'ldingiz. Bu borada fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing.

- Ushbu so'rovnomada g'olib chiqqanim uchun birinchi navbatda menga ishonib ovoz bergan O'zbekiston xalqiga va do'stlarimga katta rahmat! Ularni ishonchini oqlashga har doim harakat qilaman!


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

   
20 jan 18:00:27
G'ayratjon
"birinchi martda" emas "birinchi marta yoki marotaba". Imloviy xatolarga e'tiborli bo'linglar.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing