So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

12 dek 19:06
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Men azob chekardim, azob chekardim va yana azob chekardim. Boshqa jang qilishni xohlamayman". Muhammad Ali faoliyatini qanday yakunlagandi?

Teglar :  Muhammad Ali
Bundan 42 yil avval, 1981 yil 11 dekabr kuni afsonaviy Muhammad Ali professional faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazgandi.

Afsonaviy Muhammad Alining so'nggi jangi Berbikka qarshi Bagama orollarida dahshatli sharoitda bo'lib o'tdi.

Bundan 42 yil avval, 1981 yil 11 dekabr kuni afsonaviy Muhammad Ali professional faoliyatidagi so'nggi jangini o'tkazdi. 39 yoshida Trevor Berbik bilan ringni ko'tarildi va 10 raundlik jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'ldi. SHundan so'ng Buyuk boshqa hech qachon ringga chiqmadi va faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Ali bundan uch yil avval ham faoliyatini yakunlagandi. U o'shanda Leon Spinksga qarshi revansh jangidagi muvaffaqiyatidan so'ng boshqa jang qilmasligini malum qilgandi. 

Biroq moliyaviy muammolar Muhammadni nafaqaga chiqqanidan so'ng ikki yil o'tib professional ringga qaytishga va Alini juda yaxshi biladigan amaldagi jahon chempioni Larri Xolms bilan jang qilishga majbur qildi. Xolms uning sparing sherigi sifatida uzoq yillar birga ishladi. Alining ancha qarib qolgani uning ringdagi harakatlaridan ham bilinardi. Uning avvalgi tezligidan asar ham qolmagandi. Ali o'zida emasdi, lekin hamma Muhammad uchun bu jang kerakligini yaxshi tushunib turgandi. Larri ham boks afsonasidan ancha kuchli ekanligini yaxshi bilardi va unga qattiq zarar etkazishni istamagan holda jang qilishga harakat qildi.  Jangning 10 raundida Alining murabbiyi Dandi shogirdini ringga chiqarmadi va shu tariqa jang yakunlandi. Bu boks tarixidagi eng kuchli bokschining faoliyatidagi birinchi va so'nggi muddatdan avvalgi mag'lubiyati edi. Bu mag'lubiyat Ali uchun ancha katta gononar taqdim etdi. U Larriga qarshi jang uchun 8 million dollar oldi va o'zining moliyaviy ahvolini sezilarli darajada yaxshiladi.

Xolmsdan uchralagan mag'lubiyatdan so'ng afsona uchun so'nggisi bo'lishini ko'pchilik taxmin qildi, ammo Ali boksni davom ettirishga qaror qildi. Afsuski, ko'plab mutaxassislar uning qaroriga rozi emasdi, top bokschilar Muhammadning ahvolini ko'rib, jang qilishdan bosh tortishdi va sport komissiyalari ham unga jang uchun ruxsatnoma bermadi.

SHunga qaramay, Ali o'z maqsadiga erishdi: 1981 yil 11 dekabrda uning so'nggi jangi Bagama orollarida – kanadalik Trevor Berbikka qarshi bo'lib o'tdi. Olti oy oldin Berbik ham Larri Xolmsga qarshi chempionlik jangida ishtirok etib, mag'lub bo'lgandi. Biroq ko'pchilik ushbu bahsda Trevorning harakatlarini ijobiy baholagandi.

Ali Berbik qarshi kechadigan jang bo'lajak chempionlik bahslari uchun tramplin sifatida foydalanmoqchi ekanligini tan oldi. Biroq kelajakdagi har qanday janglar haqida gapirish uchun 12 yoshga kichik va ancha yaxshi jismoniy shaklda bo'lgan Berbikni mag'lub etish kerak edi.

Ali va Berbik o'rtasidagi jangni tashkil qilish xato bo'lib chiqdi. Bu jang unchalik qiziqishga sabab bo'lmadi, oqshom uchun chiqarilgan chiptalar juda qiyinchilik bilan sotildi va tashkilotchilar narxlarni pasaytirishga majbur bo'lishdi. Oxir-oqibat, ushbu jangni bevosita tomosha qilish uchun 8 mingdan kam odam tashrif buyurdi. Bu esa Ali darajasidagi jangchilar uchun juda past ko'rsatkich edi. Bundan tashqari, ushbu oqshomni hech bir AQSH televideniesi sotib olmadi.

Ali jangda orticha vazn bilan harakat qildi. Muhammad Alining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar ham ko'rinib turardi: jang boshlanishidan avval Ali allaqachon 15 raund boks tushib qo'yganga o'xshardi. Uning ko'zlarida tushkunlik bor edi. Bularning barchasi jangda o'z so'zini aytmay qolmadi.

Aliga jang davomida tezlik etishmadi, uning ortiqcha vazni tez harakat qilishga xalaqit berardi. Umuman olganda, jangning birinchi yarmida Muhammad ancha yaxshi harakat qildi. Beshinchi raundda muxlislar avvalgi Alini ko'rishga ham erishishdi, biroq bu atigi bir raundgina edi.

Keyingi raundlarda Ali kuchdan qoldi va Trevor yoshligi hisobiga ancha shiddatli boks tushishni boshladi. U afsonasi istagan ko'yiga soldi. Muhammad zarbalar tasirida oyog'ida zo'rg'a turardi. Berbik ringda istagan ishini qildi va Muhammad Alini mag'lub etdi. Keyinchalik Mayk Tayson bu mag'lubiyat uchun qasos olgani barchaning yodida bo'lsa kerak. 

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Muhammad Ali boshqa ringga ko'tarilmadi.



"Men azob chekardim, azob chekardim va yana azob chekardim. Haqiqatan ham hamma erim og'riyapti. Yangi hayotda yashash vaqti keldi... Men endi kurashmoqchi emasman. 25 yildan beri shug'ullanaman. Boks odamni o'zgartiradi. Men buni yaxshi his qilmoqdaman", – dedi Muhammad Ali oxirgi jangidan so'ng.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing