So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

30 may 19:12
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Men faqat bir marta baxtli bo'lganman". 43 ta jangning 42 tasida mag'lub bo'lgan tarixdagi eng yomon jangchi haqida bilasizmi?

Kennet Allen oktagonga qisqa vaqt ichiga tayyorgarliksiz kirgan. Bunga sabab nima?

Jang sanatida jangchilar — chempionlar, engilmaslar va tramplin vazifasini bajaradiganlarga bo'linadi. Ammo, oktagonga qisqa vaqt ichida kirib, doimo yutqazadigan "sayohatchilar" ham uchrab turadi. Mana shunday qahramonlardan biri Kennet Allen. U faoliyati davomida 42 ta jangda mag'lub bo'lgan va atiga 1 marotaba raqibi ustidan g'alaba qozongan. Allen bunga qadar oddiy  kareraga ega havaskor jangchi bo'lgan. Keyinchalik u o'zini professional sportda sinab ko'rish uchun sport zalida qattiq mashg'ulot qilishga umid bog'laydi.

Ammo, vaqt o'tishi bilan ustuvorliklar ish foydasiga o'zgardi va sport esa keyingi o'rinda qoldi. Aynan shuning uchun ham Allenning salbiy ko'rsatkichlari juda yuqori. Lekin, nega u oktagonda ishlar yomon ketayotgan bo'lsa ham, jang qilishdan bosh tortmas edi? Gap shundaki, u asosan mintaqaviy turnirlarda jang qilgan va u erda jangchining musobaqa arafasida ketishi katta falokat bo'lgan.

Bunday tashkilotlar chipta to'lovidan tushgan mablag' evaziga kun ko'rishadi. Allen bunday ishlar uchun mos "qo'g'irchoq" edi. Unga har doim jangdan bir yoki ikki kun oldin qo'ng'iroq qilishardi. Bu esa tayyorgarlikning kam bo'lishini anglatardi. Lekin, nima uchun u jang qilishda davom etar edi?  

Kennetning o'zi: "jang qilishni yaxshi ko'raman", deya tan olgan. SHu bilan birga, u faqat bir marta g'alaba qozonganida xursand bo'lganini takidlaydi.

"Men juma va shanba kechalarida jang qilar edim. Do'stim va meni yo'l jangchilari deb atashardi. Juma kuni darsdan so'ng biz yo'lga tushdik va jang boshlanganda o'sha erda edik. SHu qadar ko'p to'qnashuvlar bo'ldiki, men oxirgi daqiqada qatnashdim. Jangga ketayotib, mashinada kiyinishga to'g'ri kelgan", — dedi Allen.

Mahalliy ligalar uchun Allen xaqiqiy topilma edi. Axir, hamma ham qisqa vaqt ichida kardni bilmay: "qancha va qachon?" deya jangga rozi bo'lavermaydi. Ko'p odamlar Kennetni tushunmasdan masxara qilishardi. Lekin, bu jangchi haqida bitta ajoyib fakt bor. U hech qachon nokautga uchramagan. (Texnik nokautlarni hisobga olinmaydi.) SHu bilan birga, 39 marta muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.

"Agar kimdir meni jangga chaqirsa, yo'q deya olmayman. Oktagonga kirib istalgan jangchi bilan kuch sinashishim mumkin. Sport formam — yaxshi yoki yomon bo'lishidan qatiy nazar, menda har doim imkoniyat borligini his qilaman. Tug'ri xech qaysi jangimda ustunlik qilmagaman. Buni sezishingiz aniq. Men qonuniy ravishda g'alaba qozona olmasligimni his qilgan uchta yoki to'rtta jang bor", — deya tushuntirdi Allen.

Mag'lubiyatlarning ko'p qismi sabmishen orqali bo'lgan(31). Buning uchun Kennetni ayblash biroz noto'g'ri albatta. Allen jangning boshidanoq bor kuchini bergan. Biroq, uni ko'pincha parterga o'tkazgan va u bu tomonlama ojiz bo'lgan. Natijada Kennet doim taslim bo'lishga majbur bo'lgan. SHu tariqa, u 29 ta jangda birinchi raundning o'zida tajribasi kamligi sabab mag'lubiyatga uchragan.

Undan janglardan bosh tortganmisiz deb so'rashganida: "Hech qachon. Agar ular ertaga menga qo'ng'iroq qilib, shu hafta oxiri kimgadir kerakligimni aytishsa, o'sha erda bo'lar edim" —deya javob bergan Allen.

championat.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing