So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

05 may 11:38
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

"Men g'olib!" yugurish musobaqasi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Men g'olib
14 may kuni Toshkentda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi "Men g'olib" ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tadi.

Kecha shu munosabat bilan O'zbekiston engil atletika federaciyasining anjumanlar zalida "Men g'olib" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan matbuot brifingi bo'lib o'tdi.

"Humo Arena" sport majmuasining start-finish maydonchasida bo'lib o'tadigan ommaviy yugurish musobaqasi Engil atletika federaciyasi, bosh hamkor – “O'zbekneftgaz” AJ tomonidan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati ko'magida tashkil qilinmoqda.

"Men g'olib" vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ananaviy ravishda muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa kuchlari tashkil etilganligi hamda Xotira va qadrlash kunini nishonlashga bag'ishlangan holda o'tkaziladi.

Kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlari, harbiy xizmatchilar, harbiy talim muassasalari kursantlari, sport klublari azolari va faol hayot tarzini sevuvchilar yiliga ikki marotaba jamoaviy va yakkalik ommaviy yugurish musobaqasida qatnashadilar.

Ommaviy yugurish poygasini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad aholi o'rtasida yugurish va sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, harbiy xizmatchilarning sport ruhini saqlash va do'stona sport aloqalarini rivojlantirish, kuch ishlatuvchi tuzilmalar idoralarining vakillari orasidan eng kuchli jamoalarni aniqlashga qaratilgan. 

Bu galgi "Men g'olib" ommaviy yugurish musobaqasi 14 may kuni o'tkazilib, Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlanadi. Ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi. Ommaviy yugurish musobaqasining dasturi kengaytirildi va unga 3 ta masofa kiritildi: yarim marafon – 21,1 km, chorak marafon - 10,5 km va 3 km ga ommaviy yugurish musobaqasi. Ommaviy yugurish musobaqalari o'tkaziladigan kunda ishtirokchilar yig'ilishi - 06:00 da boshlanadi, start 07:00 da beriladi.

"Men g'olib" kubogini qo'lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar talim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi.

Tashkilotchilar tomonidan 14 ta nominaciya uchun qimmatbaho sovg'alar ko'zda tutilgan: planshet, smartfon, smart soatlar, elektr skuterlar, noutbuklar va esdalik sertifikatlari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing