So’nggi yangiliklar

18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 0 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0

08 apr 17:54
Yangiliklar

SHaxmat

Men hamisha rekordlar o'rnatishni istayman - Nodirbek Abdusattorov bilan katta intervyu

SHaxmat tarixida kamdan-kam grossmeysterlar 20 yoshga to'lgunga qadar dunyoning kuchli beshtaligidan joy olishga muvaffaq bo'lgan.

Yaqindagina ushbu natijaga erishgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Chess.com saytiga maxsus intervyu berdi. Olamsport.com ushbu intervyuni o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiboringizga havola qiladi.

Aprel oyidagi reytingni hamon afsonaviy Magnus Karlsen (2830) boshqarib kelmoqda. Ikkinchi o'rindan Fabiano Karuana (2803) joy olgan. Kuchli uchlikni amerikalik Hikaru Nakamura (2789) yakunlab bergan. To'rtinchi o'rindan Nodirbek Abdusattorov (2765) joy olgan. Hamyurtimiz 11-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilb olgan. U jahon toji egasi Ding Lirendan 3 reyting ochkosiga o'zib ketgan. 


Chess.com tadqiqotchisi Abdusattorovning yutug'i noyob ekanligini takidlab o'tdi. Undan oldin atigi 5 nafar shaxmatchi 20 yoshgacha dunyoning kuchli beshlik ro'yxatidan o'rin olgan. Ular: Garri Kasparov (1982), Aleksey SHirov (1992), Vladimir Kramnik (1994), Magnus Karlsen (2010) va Aliriza Firuzja (2021). Nodirbek suhbatdoshidan bu rekord haqida eshitgach, jilmayib shunday dedi: "Men bundan hayratda qoldim. Ajoyib yutuq, shu bilan birga katta masuliyat. Men yangi bosqichga ko'tarildim va bu erda ekanligimdan xursandman". 


Abdusattorov reytingdagi kuchli beshlikka sakrashini katta qadam, deb atadi, biroq u erishgan yutuqlari bilan to'xtab qolish niyati yo'qligi va bu hali boshlanishi ekanligiga alohida urg'u berib o'tdi. "Men ko'proq narsaga erishish uchun qo'limdan kelganini qilaman, ammo bunga vaqt kerak", dedi hamyuritimiz. U qisqa faoliyati davomida ko'plab rekordlarni yangiladi. 17 yoshida Varshavada o'tkazilgan jahon chempionatida eng yosh jahon chempioni bo'lgan shaxmatchiga aylandi. O'zbekistonlik grossmeyster, shuningdek, atigi 2400 Elo darajasiga erishgan tarixdagi eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. Qolaversa, Nodirbek 11 yoshida 20 yoshgacha bo'lgan jahondagi eng kuchli 100 nafar shaxmatchi qatoriga ham kirgan.


Abdusattorov: "Bu o'ziga xos musobaqa. Men doim rekordlar o'rnatishni orzu qilardim. Vazifaning qiyinligi motivaciyamni oshiradi. Bolaligimdan tarixdagi eng yaxshi grossmeyster bo'lishga intilganman. Grossmeyster bo'lgach, o'z oldimga katta maqsad qo'ydim. Bu 2700 Elo reytingiga erishish. Har safar yangi maqsadni tanlaganingizda, yangi motivaciyalar paydo bo'ladi", dedi o'zbekistonlik shaxmatchi. Nodirbekning rekordlar sari yo'li 2012 yilda, u 8 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida jahon chempioni bo'lganida boshlangan. Ushbu muvaffaqiyatdan ikki yil o'tgach, 9 yoshida bir turnirda ikki grossmeysterni mag'lub etib, shaxmat jamoatchiligi etiborini yana bir bor o'ziga tortdi. 

2014 yil Toshkentda bo'lib o'tgan turnirda 2600 balldan yuqori reyting ochkosiga ega shaxmatchi Andrey Jigalko ustidan qozonilgan g'alaba shaxmat tarixida yana bir istedod kashf etilayotganidan dalolat berardi. "600 nafar shaxmatchi o'rtasida o'tkazilgan musobaqa o'zgacha taassurot qoldirgandi. Ungacha men bu kabi yuqori saviyali raqiblarga qarshi dona surmagan edim. Ilk bahsda 2600 reyting ochkosiga ega bo'lgan raqibimni taslim etdim. Ochig'i, bu natijaga o'zim ham ishonmadim, keyinroq hammasi qanday bo'lganini tushunib etdim", deydi hamyurtimiz. 

"Men Magnus Karlsen haqida umuman bilmasdim. Ismini ham eshitmaganman, faqat chempion Vishi Anand ekanligini bilardim. Men sizga 2013 yildagi holatni aytib beryapman. O'sha paytda sakkiz yoshda edim. Karlsen haqida birinchi marta eshitdim. Uning reytingi jahon chempioninikidan baland ekanligini bilib, hayrtada qolgandim. Vishiga qarshi o'yinda g'alaba qozonib, Magnus ancha kuchli ekanligini ko'rsatdi va shunday qilib u mening kumirimga aylandi", deydi Abdusattorov.

2015 yil Nodirbek uchun muvaffaqiyatli keldi. Uning reytingi atigi bir oy ichida 2263 dan 2465 Elo ballgacha ko'tarildi. O'sha yili u Qatarda bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etib, o'sha davrning eng kuchli shaxmatchilarining o'yinini birinchi marta o'z ko'zi bilan ko'rdi. SHaxmatchimiz bu haqida shunday eslaydi: "Men ularni birinchi marotaba ko'rdim va har bir shaxmatchiga og'zim ochilib qaradim, bu turnir ajoyib taassurot qoldirgandi". U musobaqada g'olib bo'lgan Karlsen bilan birga suratga tushishga ham muvaffaq bo'lgandi.


O'zbekistonlik yosh shaxmatchi raketadek havoga ko'tarildi. U 13 yoshida shaxmat tarixidagi oltinchi eng yosh grossmeysterga aylandi va 15 yoshida 2600 Elo chegarasidan o'tdi. Abdusattorov birinchi marta 2019 yilda blic bo'yicha jahon chempionatida Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda harakat qilib, durang qayd etdi. 2021 yilda bo'lsa rapid yo'nalishida norvegiyalik shaxmatchi ustidan zafar quchdi va keyin jahon chempionligini qo'lga kiritdi. 2023 yilda Veyk an-Zee shahrida bo'lib o'tgan 16-jahon birinchiligida klassik uchrashuvdagi g'alaba Nodirbekni klassik bahslarda Karlsenga qarshi ijobiy natija qayd etgan yagona shaxmatchiga aylantirdi.  

"Bu turnir tez orada dunyoning eng kuchlilaridan biriga aylanishimni ko'rsatadi. Bolalik o'tdi. Men katta bo'lib, shaxmatga jiddiyroq yondashishim kerak. Bir paytlar Magnusga qarshi hech bo'lmasa bir marotaba klassik o'yin o'tkazishni orzu qilardim. Endi biz har bir yirik turnirda uchrashamiz. Hammasi birdaniga va kutilmaganda o'zgardi. Menga u bilan o'ynash juda yoqadi. Karlsen… Dunyodagi eng kuchli shaxmatchi bo'lib qolayotgani ko'rinib turibdi, ammo bizning avlod unga yaqinlashib bormoqda. Magnusning jahon chempionligini saqlab qolishi qiyin bo'ladi", deydi shaxmatchimiz. 


"Ularning hech biri hali mening darajamga yaqin emas deb o'ylayman. Bu unchalik oson emas", deydi norvegiyalik shaxmatchi. Sobiq jahon chempioni Abdusattorovning chidamliligi va tartib-intizomini, shuningdek, eng yomon poziciyalarni himoya qila olishini maqtagan edi, biroq u Firuzjani undan yuqori qo'ygandi. Karlsen: "SHubhasiz, Alirizo iqditidorliroq, lekin uning faoliyati Abdusattorovnikidan ko'ra, muvafffaqiyatli bo'lishiga ishonchim komil emas. Ammo o'zim Nodirbekka hali ham 100 foiz ishonmayman. Men jahonning eng kuchlisi bo'lish haqida gapiryapman, eng kuchlilaridan biri emas. Hozir bu haqida gapirish mushkul".

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
08 apr 19:18:44
SPRINTERshashist
привет Я вас приглашаю telegram группу по шашкам. есть очень сильные игроки, организуем большие сильные турниры https://t.me/+XV9aK1TRYdRhOGFi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing