So’nggi yangiliklar

15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасиини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 12:32Бивол ва Бетербиев ўртасидаги жанг қачон ўтказилиши маълум қилинди 0 12:10«Реал»нинг тўрт нафар футболчиси EЧЛ рекордини такрорлади 0 11:49Навбаҳор Ҳамидова Париж Олимпиадасига йўл олди 0 11:39"Ролан Гаррос" чемпиони Новак Жокович 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 11:18UFC 302. Бонуслар кимларга насиб этди? 0 10:56Карло Анчелотти навбатдаги чемпионликдан сўнг нималар деди? 0 10:35Махачев - Порье. Нокаутгача ҳисоб қандай кетаётганди? 0

07 fev 15:21
Yangiliklar

Boks/MMA

"Men O'zbekistonga borishga tayyor edim" - Kurbanov Madrimovga qarshi chempionlik jangi haqida gapirdi

Rossiyalik bokschi Magomed Kurbanov hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi chempionlik jangi haqida gapirdi.

Avvalroq, sportchilar jang bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

"Men hozir Amerikadaman va faqatgina shu jang uchun kelganman. Hozir muzokaralar bor, ammo aniq manzil yo'q! So'nggi marotaba promouterim, RCC Boxing Promotions rahbari bu jang Rossiyadan tashqari boshqa joyda qiziq emasligini aytgandi. Men Rossiyada jang qilishdan faqat xursand bo'laman. Men aynan ushbu jang amalga oshishi uchungina shu erdaman.

Endi yana bir savol: Madrimov u erga borishga tayyormi? Yoki u boshqa variant topmaydimi? Mana masala qaerda. Men O'zbekistonga borishga tayyor edim, qaerga bo'lsa ham boraveraman, faqat eng asosiysi - o'rtada kamar bo'lsa bo'ldi. Ammo O'zbekistonga tekinga borish - bu bokschining ustidan kulishdir.

O'zim aytadigan bo'lsam, shaxsan men 3-4 haftadan keyin ham jang qilishga tayyorman. Anchadan beri mashg'ulot lageri olib boryapman, shuning uchun agar yaqin orada jangni elon qilib qolishsa ham men tayyorman", - dedi Kurbanov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing