So’nggi yangiliklar

23:05Юнон-рум кураши. Икки нафар ҳамюртимиз лицензион турнирдаги иштирокини якунлади 0 18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0

06 apr 07:23
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Millioner xonimlar! 2023 hamda 2024 yilning ortda qolgan 3 oyida kim qancha pul ishlab oldi

Dunyoning ko'zga ko'ringan tennis malikalari 2024 yilning ortda qolgan uch oyi mobaynida o'z hamyonlarini millionlab dollarga boyitib olishdi.

Amerikaning Politico nashri hisob-kitoblariga ko'ra 2023 yil yakunlari bo'yicha eng ko'p pulni Kori Goff ishlab olgan. Amerikalik qora tanli tennischi bir yil mobaynida kort va uning tashqarisida hammadan ko'p mablag' ishlab topdi. Endigina 20 yoshga to'lgan Goff $6,7 mln mukofot puli, $16 mln dollar reklamadan daromad ko'rgan. Atlantalik tennischining 2023 yilgi sof daromadi $22,7 mln dollarni tashkil qilmoqda.

Qozog'istonning birinchi raqamli tennis malikasi Elena Ribakina ushbu ro'yxatda 6-o'rinni egalladi. U 2023 yilda umumiy $9,5 mln dollar pul ishlagan. Tennisdagi faoliyatidan — $5,5 mln, reklamadan esa $4 mln dollar ishlab olgan. Uimbldon-2022 g'olibasi katta bozorda Yonex, Red Bull va Bank RBK brendlarini reklama qiladi.

Kuchli beshlikdan dunyoning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek — $21,9 mln (9,9+12), britaniyalik Emma Radukanu — $16,2 mln (0,2+16), yaponiyalika Naomi Osaka — $15 mln (0+15), belaruslik Arina Sobolenko — $12,2 mln (8,2+4) dollar daromad bilan joy olgan.

2024 yilning ortda qolgan uch oyida esa Iga Svyontek hammadan ko'p pul ishlab topgan. Polshalikning mukofot pullaridan ishlab topgan daromadi 2,58 mln dollarni tashkil qilmoqda. 


WTA turnirlari mukofot pullaridan 2024 yilda kim qancha ishlab topdi Top-10:

1. Iga Sventek (Polsha) — 2,58 mln

2. Arina Sobolenko (Belarus) — 2,4 mln

3. CHjen Cinven (Xitoy) — 1,54 mln

4. Elena Ribakina (Qozog'iston) — 1,47 mln

5. Mariya Sakkari (Greciya) — 1,31 mln

6. Kori Goff (AQSH) — 1,25 mln

7. Jasmin Paolini (Italiya) — 1,19 mln

8. Anna Kalinskaya (Rossiya) — 0,94 mln

9. Marta Kostyuk (Ukraina) — 0,89 mln

10. Elize Mertens (Belgiya) — 0,87 mln.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing