So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

10 fev 10:54
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy antidoping agentligi hamda Xalqaro Kurash instituti o'rtasida memorandum imzolandi

Teglar :  Antidoping
Kecha Milliy antidoping agentligi hamda Xalqaro Kurash instituti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sportda doping qo'llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, sportda dopingga qarshi kurash to'g'risidagi Xalqaro konvenciya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa Xalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishini taminlash faoliyat olib borayotgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bugun o'zbek sportchilarining yangi marralarga erishishida samarali xizmat qilib kelmoqdi.

 

Yurtimizda sportga berilayotgan ulkan etibor tufayli sportchilarimiz erishayotgan yuqori natijalar nufuzli xalqaro sport tashkilotlari tomonidan etirof etilib, jahon sport reytingida mamlakatimiz o'rnini yanada mustahkamlamoqda. Dunyoning barcha qitalarida malum va mashhur bo'lgan Kurash sportining muxlislari esa tobora ortib bormoqda. Azaldan olijanoblik va halollik ramzi bo'lgan Kurash - tom manoda g'alabaga halol yo'l bilan erishish demakdir. Bu yo'lda esa qator masul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi majlislar zalida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi va Xalqaro Kurash instituti o'rtasidagi o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

 

Tadbirda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov, Turizm va sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, Xalqaro Kurash instituti rektori Xabibullo Tadjiev, ZOOM platformasi orqali Xalqaro kurash associaciyasi (IKA) prezidenti Haydar Farmon bevosita kuzatib bordi. Qoleversa, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida mutasaddilar so'zga chiqishdi va o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Avvalo o'zaro hamkorlik memorandumini imzolash borasidagi taklifingizdan minnatdormiz. O'zbek sporti bo'lgan kurashni Olimpiya o'yinlariga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar albatta o'z samarasini beradi. Bu yo'lda esa barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmog'imiz lozim. SHu o'rinda bizni kuzatib borayotgan xalqaro federaciyalarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar va sportchilar g'alabalarga dopingsiz, halol yo'l bilan erishishlariga tilakdoshman”, - dedi Nodirjon Tursunov.



Ushbu memorandum imzolanishidan ko'zlangan asosiy maqsad o'zbek sporti bo'lgan kurashni halol sport turi ekanligi, bu sport turida sportda taqiqlangan moddalarni istemol qilishga yo'l qo'ymaslik hamda bu borada murabbiy va sportchilarga tushuntirishlar berishga qaratilgan.

SHuningdek, “Kurash sportida Xalqaro antidoping qoidalariga amal qilish” mavzusiga bag'ishlangan I-Xalqaro antidoping onlayn seminari o'tkazildi. Mazkur seminarda IKA tarkibidagi 130 dan ziyod xalqaro kurash federaciyalari kurash murabbiylari hamda xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi. Mazkur o'quv seminarda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi Antidoping talim dasturlari bo'limi boshlig'i Zebiniso Gazieva maruza qildi.


Milliy antidoping agentligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing