So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

05 sen 17:17
Yangiliklar

Eshkak eshish, Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasining sobiq prezidenti O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasi raisi lavozimiga saylandi

Bugun ZOOM platformasida O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasining navbatdan tashqari onlayn hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Bu haqida Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va Energetika vazirligi rahbariyati, Rowing&Canoe federaciyasi Ijroqo'm azolari va murabbiylar ishtirok etishdi. Tadbirda kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala federaciya raisi Ahmedov Xudoyor Mamajonovichning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan bo'shash to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqish, X.Ahmedov o'rniga yangi rahbar va unga o'rinbosarlar saylash, Ijroqo'm tarkibini qayta ko'rib chiqish bo'ldi.

Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan X.Ahmedovning arizasini qabul qilishdi. O'z o'rnida Xudoyor Mamajanovich salomatligi bois federaciya faoliyatini boshqarishga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2 yildan ko'proq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi ish uchun tashakkur aytib o'tdi. SHundan so'ng federaciya raisligiga O'zbekiston energetika vaziri Sultanov Alisher Saidabbasovich nomzodi qo'yildi. Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Sultanov nomzodini qabul qilishdi va Alisher Saidabbasovich O'zbekiston Rowing&Canoe federaciyasining yangi raisi etib saylandi.

Malumot uchun, Sultanov Alisher Saidabbasovich 1967 yil 29 noyabr kuni tug'ilgan. O'zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultanov sport oilasiga begona emas. Bu inson 2017 yanvar – 2018 yanvar davri mobaynida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, keyinchalik 2018 yil dekabr oyigacha Qo'mita vice-prezidenti lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida o'zbek futboliga, xususan ayollar futbolini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan. SHuningdek, malum muddat O'zbekiston shaxmat federaciyasini boshqargan. Uzoq yillar davomida “O'zbekneftgaz” boshqaruvida faoliyat olib borgan. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. 

Alisher Sultanov bilan vaqtida samarali faoliyat olib borganmiz. 2017 yil Ashxobodda o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, shu yil Bokuda Islom birdamligi o'yinlarida delegaciyamizga boshchilik qilgan va mamlakatimiz ushbu musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan edi. Ishonamanki, Alisher Saidabbasovich mazkur federaciya boshqaruvi uchun munosib nomzod”, – dedi MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov.

SHuningdek, Qurbonov SHuhrat To'raevich federaciya rahbarining o'rinbosari bo'ldi. Tadbir davomida MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari, avvalo, barchangizni Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Bugungi pandemiya davrida barchangizga salomatlik tilab qolaman. Muhtaram Prezidentimiz aytganidek, bu virus juda ayyor. O'zingizni asrang. Biz Xudoyor Mamajanovichning faoliyatidan mamnunmiz. Ushbu sport turini yanada rivojlantirish yo'lida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan faoliyat olib bordik. Ortda qolgan davrda Xudoyor Ahmedovning qilgan mehnati uchun tashakkur aytamiz. Asosiysi, u bizdan uzoqqa ketgani yo'q. Bu inson Samarqanddagi kanalning qurilishiga masullardan biri. Rowing&Canoe federaciyasi vakillari, bugun Sizlarga yaxshi rahbar saylandi. Ulkan tajribaga ega bo'lgan mutaxassis bilan birga ishlaymiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHundan so'ng federaciya Ijroiya qo'mitasi va prezidiumiga kiruvchi rasmiylar tarkibini shakllantirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing