So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

22 sen 19:11
Yangiliklar

Boshqalar

“Milliy xalq o'yinlari - milliy g'urur” tanloviga marhamat!

Mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o'yinlari, etnosport turlarini keng targ'ib qilish va ommalashtirish, bolalar-o'smirlar hamda yoshlarni etnosport turlariga keng jalb qilish maqsadida “Milliy xalq o'yinlari - milliy g'urur” nomli maxsus roliklar tayyorlash va efirga uzatish bo'yicha tanlov elon qilinadi.

Mazkur tanlovga taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlar – roliklarni tayyorlashda quyidagi jihatlarga alohida etibor qaratish talab qilinadi:

- Tanlovga taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlarda avvalo xalqimiz orasida unutilib borayotgan milliy sport turlari va xalq o'yinlarini saqlab qolish hamda ularni yosh avlod orasida keng ommalashtirishga alohida etibor qaratish;

- Roliklarda milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda o'zbek xalqiga xos qadriyat va urf-odatlarni targ'ib qilish;

- Milliy sport turlari va xalq o'yinlarining aholi salomatligini mustahkamlashdagi o'rni va ahamiyatini ochib berish.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarning vaqti 1-3 daqiqa oralig'ida bo'lishi, hajmi esa 100 mGbdan oshmasligi talab qilinadi.

SHoshiling, tanlov 2022-yilning 1-noyabriga qadar davom etadi. Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarni [email protected] elektron manziliga yuborasiz.

Eng yaxshi ijodiy mahsulotlar esa tanlov g'olibi sifatida tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantiriladi hamda eng sevimli telekanallaringiz orqali efirga uzatiladi.

Unutmang, “Milliy xalq o'yinlari — milliy g'urur” demakdir!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing