So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

14 sen 18:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Kikboksing, Muaytay

MMA chempioni Sunnat Ilyasov: “Hech qachon pul uchun jang qilmaganman”

Teglar :  SunnatIlyosovMMA
MMA (aralash qoidalar jangi) bo'yicha o'zbekistonlik sportchi Sunnat Ilyosov bilan bo'lgan intervyuni etiboringizga taqdim etamiz.


“News Arena” gazetasining avvalgi sonida “Muxlis minbari”ning navbatdagi mehmoni – aralash qoidalar bo'yicha jang sanati (MMA) ustasi, tom manoda o'zbek sportchilari orasidagi MMAning ilk qaldirg'ochi, xalqaro turnirlar g'olibi, ushbu yo'nalishda o'rta vazn toifasida jahon chempioni Sunnat Ilyosov bo'ladi, deb xabar bergan edik. Ushbu sportchimizga juda ko'p savollar kelib tushdi. Biz savollarga sportchimizdan javoblar oldik.

“News Arena” malumotnomasi

Sunnat Ilyosov 1975 yil 26 dekabrda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani Qo'ng'irot qishlog'ida tavallud topgan. Oilali, bitta farzandi bor. MMA bo'yicha jahon chempioni. Erkin kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida sobiq ittifoq chempioni.

Mamur Tillaev - tadbirkor

- Sunnat aka dastlab, qaysi sport turi bilan shug'ullangansiz?

- Yoshligimda erkin kurash bilan shug'ullanganman. Yoshlar o'rtasida sobiq ittifoq chempioni ham bo'lganman. Aslida, Olimpiada dasturidan o'rin olgan sport turida muvaffaqiyatlarga erishib, chempion bo'lishni orzu qilgandim. Lekin MMAga bo'lgan qiziqish kuchlilik qilib, ushbu yo'nalishga o'tib ketganman. SHukrki, bu yo'nalishda bo'lsa ham, yurtimiz shanini himoya qilib, o'zbek o'g'lonlari qanday kuchga ega ekanligini jahonga namoyish eta oldim, deb o'ylayman.


Ibratbek Adhamov - o'quvchi

- Oxirgi vaqtlarda yangi janglaringiz haqida xabar yo'q. Faoliyatingizni tugatdingizmi?

- Faoliyatimni 2009 yilda rasman tugatganman. Lekin bu sportdan uzoqlashdim degani emas. Aksincha, yanada ko'proq mashg'ulotlar bilan bandman. Yoshlar uchun, qo'limdan kelganicha yordam berib, xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ko'makdosh bo'lyapman.


Murod Fayzullaev - haydovchi

- Rahmatli SHavkat O'roqov siz uchun raqibmidi yoki do'st?

- Albatta, do'stim edi. Bir-birimizga mashg'ulotlarda sparring raqib ham bo'lardik. To'g'ri, oramizdan biroz shaxsiy masalada ziddiyatlar ham o'tgan. Lekin bunday holatlar inson hayotida uchrab turadi-ku, to'g'rimi? SHavkat bilan bu erda ham qo'shni bo'lib turardik. Qarama-qarshi ko'p qavatli uylarda. Bu borada ortiqcha izohga hojat bo'lmasa kerak. Oxirati obod bo'lsin!


Niyozbek Alibekov - talaba

- Hamyurtlarimiz Murod Xonto'raev, Ayubxon Kamolovlarning faoliyatini qanday baholaysiz?

- Ayubxon ukam bo'ladi. U o'ziga xos jang olib borish uslubiga ega. Jahon chempionati sovrindori bo'lgan. Natijalari tahsinga loyiq. Mehnatkash, masuliyatli inson. Murodning ham harakatlari yomon emas. Lekin tayyorgarlik jarayoni, taktik uslublarida kamchiliklari ham yo'q emas.


Maxammat Bakirov - tadbirkor

- Biror bir klubni nomidan tushganmisiz?

- Qozog'istonda birinchi klub ochilishiga ham men sababchi bo'lganman. Janglarimni ko'rib, qozog'istonlik tadbirkor yangi sport zali ochayotganligi, o'sha erda klub tashkil qilish niyatida ekanligi va o'zbekistonlik yaxshi yigitlarni jalb qilishimni so'ragan edi. O'shanda SHavkat O'roqov va Ayubxon Kamolovlarni olib borganman. Ushbu klubda 2006 yilgacha faoliyat yuritdim. SHundan so'ng, Angliyaga taklif qilishgan va faoliyatimni ushbu yurtda davom ettirganman.


Doniyor Uskenboev - haydovchi

- Aralash qoidalar bo'yicha janglarda har-xil turlardan saboq olishga to'g'ri keladi. Ayting-chi, boks borasida kimdan saboq olgansiz?

- Tajribani jangdan olganmiz. Har bir o'tkazgan bellashuv ulkan saboq bo'ladi. Lekin ko'plab bokschi do'stlarim bor, ular bilan fikr almashib, o'zaro sparring janglarda tushib turardim. Misol uchun, G'ayrat Ahmedov, Dilshod Mahmudov, To'lashboy Doniyorov, To'lqin Qilichev, Bekzod Xidirovlar bilan ishlaganman. O'tkirbek Haydarov, Muhammadqodir Abdullaevlar bilan do'stona munosabatga egaman. Ularning erishgan yutuqlarini har doim qadrlayman va hurmat qilaman.


Muhammadolimjon Usmonov - duradgor

- Mamlakatimizda promouterlik kompaniyalari bormi, bu yo'nalishda harakat qilib ko'rmaganmisiz?

- Afsuski, yo'q. Lekin asta-sekinlik bilan bunday imkoniyatlar ham bo'ladi. Promouter bo'lish uchun ham o'ziga yarasha iqtidor kerak. Har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Odatda sportchidan promouter chiqishi qiyin. Mana ukamiz, Bobur Muhammedovda shunday iqtidor bor. Hamma yo'riqlarini tushunadi, o'zi ham qiziqadi. Kelajakda yaxshi tashkilotchi chiqishi mumkin. Bunga ishonaman.


Bahodir Sulaymonov - o'qituvchi

 - Hozirda ko'plab yoshlarimiz aralash qoidalar bo'yicha o'tkaziladigan janglarga qiziqib ketishmoqda. Ularga qanday maslahatlar bergan bo'lardingiz?

- 16-17 yoshidan tayyor yigitlar ko'plab topiladi. Lekin aniq bir yoshni ayta olmayman. Darhaqiqat, yakkakurashning bu yo'nalishiga qiziquvchilar mamlakatimizda juda ko'p. Yoshlarimiz xorij mamlakatlarida ham yaxshi natijalar qayd etmoqda. 2011 yid BAAning Abu-Dabi shahrida tashkillashtirilgan turnirda to'rt nafar shogirdim chempion bo'ldi. Qolaversa, boshqa yigitlarimizda ham o'sish kuzatilmoqda.


Baxtiyor Hotamov - o'qituvchi

- Nima deb o'ylaysiz, Konor Makgregor kuchlimi yoki Habib Nurmagommedov?

- Yurtimizda, MDH davlatlarida Habibning muxlislari ko'plab topiladi va ular Nurmagommedovning g'alabasiga shubha bildirmaydi. Lekin shu sportning yaxshi tushungan odam Makregorda ustunlik ko'p ekanini yaxshi biladi. Konor hozir eng optimal formaga chiqqan vaqti. U har bir jangda yangiliklar yarata oladi. Habibda esa, bir xil saviyada jang olib borish uslubi bor. Qolaversa, ularning vaznida ham farq bor. Habib bir vazn yuqorida jang olib boradi. Lekin bu tafovut ularning bir-biriga qarshi jang olib borishiga to'sqinlik qilmaydi. Hozirda ushbu sport turida PR va shoularga katta etibor beriladi. Mana, Meyveyzer bilan ham jang olib borishi haqida ham gapirilmoqda-ku... Qolaversa, bunday janglarda moddiy manfaat ham muhim rol o'ynaydi.


Kozimjon Toshmurodov - muhandis

- Murod Xonto'raevning UFC janglarida qatnashish imkoniyatini qanday baholagan bo'lardingiz? Umuman olganda yoshlar sizdan maslaxat so'rab turadimi?

- Albatta, shogirdlarim maslahatlar so'rab turadi. Hurmat qilib, nimanidir o'rganmoqchi bo'lgan ukalarimga bajonidil tajribalarimdan kelib chiqib, maslahatlar berib boraman. Murodning hozirgi saviyasi, yurtimiz va MDH davlatlariga to'g'ri keladi. UFCga ancha bor. CHunki AQSHda saviya juda yuqori.


Xurshid Oqbolaev – temir yo'l muhandisi
 
- Ancha yillar avval, jangga chaqiruvlar ko'payib ketgandi. Sizga ham shunday chaqiruvlar bo'lganmi?



- Bunday voqealar bir necha bo'lgan. Toshkent shahridan bitta bokschi chaqirgan edi. Buxorodan Muzaffar ismli kikboksingchi bola jang qilish taklifini bildirgan. Ularning har ikkisiga ham rozilik bergandim. Jang kunini belgilaganimizda, qandaydir bahonalar bilan jangni to'xtatishgan. SHamshod degan bola bilan ham kuch sinashib ko'rganmiz. Bitta shu jang amalga oshgan. O'shanda qoshi yorilib, jangni davom ettira olmagandi. Jangdan so'ng, do'stona qo'l tashlashganmiz. Albatta bunday janglar bevosita, sport zalida va hakam orqali amalga oshiriladi. Yana yoshlarimiz ko'cha jangi deb tushunishmasin! Bunday holatlardan uzoqda yurishni tavsiya qilaman. Hammamiz ham insonmiz. Birovga ozor berish yaxshi ish emas. Sport tamoyillariga amal qilish muhim.


Latifjon Turg'unov - fermer

- Aralash qoidalar bo'yicha o'tadigan janglarda eng ko'p asqotadigan sport turi qaysi deb o'ylaysiz?

- Asosan kurash turlari ko'proq mos tushadi. Lekin, ringda bo'ladigan janglarda bokschilar va kikbokschilar o'zlarini qulay his qilishadi. Panjarada bo'ladigan janglarda kurashchilarga qulayroq.


Abbos Kamoliddinov - talaba

- O'g'lingiz Arslon Islomov ham sizning ortingizdan borib ushbu sportni tanlabdi.

- Dastlab dzyudoga berganman. 4-5 yil shug'ullandi. Lekin qondan o'tganmi, baribir men yurgan yo'lni tanladi. Bunga to'sqinlik qilmadim. CHunki, har bir insonga yaratganni o'zi turlicha iqtidor yuqtiradi. Lekin unga tushuntirdim. Bu sportda muvaffaqiyat qozonish uchun, juda-juda qattiq mehnat va matonat talab qilinadi. Onasi ham unga xayrixoh bo'ldi. CHunki rafiqam ham sportchi. Rafiqam marafon musobaqalarida ishtirok etadi.



Azizbek Isoqov - iqtisodchi

- Hamshaharingiz, muaytay bo'yicha ko'p karra Osiyo va jahon chempioni Yusuf Ibragimovning hozirdagi faoliyati haqida malumot bera olasizmi? Eshitishimga qaraganda, siz bilan birga mashg'ulotlarda qatnashgan ekan?

- Yo'q, birga mashg'ulotlarda qatnashmagan. Lekin yaqindan taniyman. O'zi ham bu yo'nalishda qatnashaman, deb aytmagan. Men ham tavsiya qilganim yo'q hali.


SHerzod Begimqulov - tadbirkor

- Faoliyatingizda nimani muhim deb bilgansiz, moddiy manfaatmi yoki sovrinlar?

- Hech qachon pulni deb jang qilgan emasman. Doimo, o'zbek yigitlari qanday kuchga ekanligini isbotlash va yurtimiz o'g'lonlari shani uchun jang qilganman.


Ziyohiddin Sultonov - fermer

- MMA, UFCning jangchilaridan kimlar bilan yaqindan tanishsiz?

- Ko'plari bilan. Lekin mamlakatimizda juda ko'p muxlisga ega bo'lganini aytadigan bo'lsam, Fyodor Emelyanenko bilan qadrdonmiz. Fyodorning ushbu darajaga chiqishiga sababchi bo'lgan insonlardan biri,  kelib chiqishi farg'onalik bo'lgan Vadim Fengishteyn bo'ladi. Vadim o'ziga xos menejer va tadbirkor inson. Uning ushbu sport turiga qiziqishi yuqori bo'lgan. SHuning uchun, Fyodor bilan tanishib, birga uzoq yillar hamkorlik qilishdi. Biz Vadim, Fyodorlar bilan deyarli bir vaqtda faoliyatni boshlaganmiz.




Bobur Maxammatov - talaba

- Faoliyatingiz mobaynida sizga elkama-elka turib qo'llab-quvvatlagan insonlar haqida aytib o'tsangiz?

- Gulya Amantoeva, Jonpo'lat Amantoev va Said Akbarovlar har tomonlama yordam berishgan. Ularga ushbu fursatdan foydalanib, minnatdorchiligimni bildirib qolaman. O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qalbimizda abadiy yashaydi.


Ahmadbek ESHMATOV yozib oldi

“News Arena” gazetasidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

   
15 sen 15:48:48
Муҳаммадзиё
Хақиқий ЛЕГЕНДА
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing