So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

13 dek 15:47
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Moldova-Koreya oilasida tug'ilib, Qirg'izistonda o'sgan. Koreys tilini o'rgangan va o'zini SSSR farzandi deb biladigan Dmitriy Bivol!

Teglar :  Dmitriy Bivol
Dmitriy Bivol 23 dekabr kuni o'z chempionlik kamarini Lindon Arturga qarshi jangda himoya qilish uchun ringga qaytadi.

"Umrimning qolgan qismini AQSHda qanday o'tkazishim mumkinligini tushunmayapman"

Dmitriy Bivol 23 dekabr kuni o'z kamarini Lindon Arturga qarshi jangda himoya qilish uchun  ringga qaytadi. Bu Bivol uchun yakuniga etib borayotgan 2023 yildagi birinchi va oxirgi jang bo'ladi. U so'nggi bor 2022 yilning noyabrida Jilberto Ramiresga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini ishonchli tarzda mag'lub etgandi.

Uzoq muddatdan beri jang qilmaganiga qaramay, Bivol rossiyalik eng mashhur faol bokschi bo'lib qolmoqda. Muxlislar uchun Bivol ringgdan tashqarida ham juda qiziq shaxs hisoblanadi.

"Men kimman, qaysi millat farzandiman?" Bivol Qirg'izistonda tug'ilgan, ammo Rossiyada muvaffaqiyatga erishgan – uzoq vaqt davomida o'z millati haqida qayg'urgan

Bivol 1990 yilda Qirg'izistonda dunyoga kelgan. Uning ota-onasi dehqonchilik bilan shug'ullangan – ular o'zlarining tug'ilgan To'qmoq shahrida er uchastkasiga ega bo'lib, piyoz va bug'doy etishtirishgan. Bivol olti yoshga to'lganida, ota-onasi uni mashg'ulot sharoitlari ideal bo'lmagan boks zaliga olib borishgan.

"Ilk mashg'ulotimda menda na shlem va boks qo'lqopi bor edi. Birinchi mashg'ulotlarimni oddiy poyabzalda o'tkazganman. Bazi musobaqalarda sen shlemda bo'lasan, raqibingda esa yo'q. Qo'lqoplar ham turlicha bo'ladi", - deya eslaydi bugungi qahramonimiz.

Bivol Qirg'izistonda hayot kechirish og'ir ekanligini aytadi. Bolalar turnirda mag'lub bo'lishdan qo'rqishardi, chunki turnirlar ota-onalarning puli evaziga o'tkazilardi. Mag'lub bo'lgan bokschining ota-onasi keyingi safar pul bermasligi mumkin edi. Qiyin moliyaviy ahvol sababli ko'pchilik Qirg'izistondan ko'chib ketardi. Bivolning oilasi ham bo'lajak chempion 11 yoshga to'lganida Piterga ko'chib ketadi.

"Birinchidan, ota-onam Rossiyada iqtisod Qirg'izistonnikidan yaxshiroq ekanini tushunishdi. Ikkinchidan, murabbiy mening qobiliyatli ekanligimni ota-onamga aytdi. Biz rivolanishimiz uchun chetga chiqishimiz zarurligini takidlashdi. Ota-onam bizning kelajagimiz uchun qayg'urishgani sababli Rossiyaga ko'chib o'tdik".

Bivolning so'zlariga ko'ra, yangi mamlakatda hayotga moslashish oson bo'lmagan – Rossiyaga ko'chib o'tish uni millati haqida o'ylashga majbur qilgan. Gap shundaki, Bivol hatto Qirg'izistonda ham o'zini mahalliy odamdek his qilmagan – ota-onasi u erga bola voyaga etganida ko'chib o'tgan. Kimligi haqidagi savol uni bolaligidan qiynab keladi: "Men kimman, qaysi millat farzandiman? Men Qirg'izistonda tug'ilganman, faqat rus tilida gaplashaman, Sankt-Peterburgda yashayman".

Bivol o'zining kelib chiqishi bilan faxrlanadi va o'zini "Sovet Ittifoqi mevasi" deb ataydi – u kelajagini faqat Rossiya bilan bog'lashini tan olgan...

Bivolning onasi koreys millatiga mansub, otasi esa moldavan: "Bivol moldavancha familiya. Buyvol deb tarjima qilinadi. Bu nom Moldovada ko'p uchraydi.

Bivol millat haqidagi savolga javobni yaqinda topganini takidladi. U o'zini SSSR odami deb atadi: "Men oldin birga bo'lgan Sovet Ittifoqining barcha respublikalari mevasiman. Ota-onam Rossiyada tanishishgan, lekin turli mamlakatlardan bo'lishgan. Men esa Qirg'izistonda tug'ilganman".

Lekin barcha millat farzandiman, hattoki hech qachon Koreya Respublikasida bo'lmagan bo'lsam ham, o'zimni u erning farzandi deb bilaman. Men bir necha bor koreys tilini o'rganishga ham harakat qilganman".

Bivol Qirg'izistonga borishni kanda qilmaydi. U tug'ilib o'sgan yurtiga tez-tez borib turadi va u erdagi do'stlari bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolgan. U ayni paytda Arturga qarshi jangga ham aynan Qirg'iz Respublikasida tayyorgarlik ko'rmoqda. Mamlakatning ko'plab aholisi Bivolning muvaffaqiyatini kuzatib, uni o'z bokschisi deb biladi.

Bivolni boshqa sobiq ittifoq mamlakatlari aholisi ham hurmat qiladi. CHikagoda Lenin Kastilo bilan bo'lgan jangdan so'ng u shunday degandi: "Men jangga bayroqni ko'tarib chiqqanimda, avvaliga jamoatchilik norozi edi. Bu Aleksandr Usikning bazi muxlislariga yoqmadi. Ammo ko'plab ukrainalik yigitlar suratga tushish uchun oldimga kelishdi va menga omad tilashdi. Har doim turli xil fikrlar mavjud".

So'nggi paytlarda Bivol AQSHda ko'proq vaqt o'tkazmoqda, chunki u erda mashg'ulotlar uchun ideal sharoitlar yaratilgan. SHu bilan birga, Bivol kelajakda Amerikaga to'liq ko'chib ketmasligini ham aytib keladi. Unga ko'proq Sankt-Peterburgda yashash yoqadi. 

"Umrimning qolgan qismini Amerikada o'tkazishimni tasavvur ham qilolmayman. Bemalol so'zlashishim qiyin, mentalitet ham biroz boshqacha. Menda Rossiya va MDH mamlakatlaridagi hayot uchun shakllangan mentalitet bor", – deya fikr bildirdi Bivol.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing