So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 avg 12:13
Yangiliklar

Tokio-2020

MOQ bosh kotibi nima sababdan bayroqdor o'zgarganiga izoh berdi

Teglar :  Oybek Kasimov
O'zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida bayroqdor o'zgarganiga izoh berdi.

"Oksana CHusovitinaga bayroqdor bo'lish taklifini shaxsan o'zim berganman. Sababi Rio Olimpiadasidagi ishtirokidan keyin o'sha erda suhbat qilganimizda “Agar keyingi Olimpiadaga boradigan bo'lsam men paradga chiqar edim, chunki shu vaqtgacha hech qachon paradga chiqmaganman, musobaqa nima bo'lishidan qatiy nazar chiqish niyatim bor”,- degan masalani qo'ygan edi.  Keyingi suhbatimiz yaqinda bo'ldi. Esingizda bo'lsa chiqaman degan edingiz reja qanaqa desam “Yo'q rejam bor hali ham, bu oxirgi Olimpiadam bo'lsa kerak, shuning uchun ochilish marosimida chiqish niyatim bor”,- dedi. O'sha paytda bayroqdor bo'lish taklifini berdik. “Agar ishonib topshirilsa olib chiqaman”,- dedi. Yonma-yon chiqadigan sportchilar bir-biriga yaqinroq bo'lishi maqsadida BoboUsmon Baturov hamroh sifatida belgilangan edi. Keyinchalik musobaqalar jadvaliga ko'ra, BoboUsmon Baturovni ham Oksana CHusovitinani ham ishtiroki ochilish marosimidan ertasiga to'g'ri keladigan bo'ldi. Buni biz federaciya rahbariyati bilan nainki, o'zi bilan gaplashganimizda: “Oxirgi Olimpiadam, lekin men natija ko'rsatishim kerak. Men shunchaki qatnashib ketaman deb o'ylagandim. Ammo oxirgi Olimpiadamni medal bilan yakunlash niyatim bor. SHuning uchun tayyorgarlikka juda katta ahamiyat berayapman”,- dedi. Bu o'sha erda “Sport” telekanalidan Marina Yakubova, “O'zbekiston 24” telekanalidan Dilrabo Alimova bilan birga ochilish marosimidan 1 kun oldin suhbatlashib o'tirgan vaqtda bo'layotgan masala. U erda musobaqa taqvimidan kelib chiqib o'zi bilan va federaciya rahbariyati bilan maslahatlashdik. Asosiy sport federaciyalari o'zlarini sportchilarini hattoki charchab qolishadi, iloji bo'lsa ularni jalb qilmasak deyishdi. Birinchidan havo juda ham issiq edi, ikkinchidan ancha yurib kelinadi va u erda 3, 4 soat davomida tik oyoqda turishga to'g'ri keladi. SHu jihatlarni inobatga olib iloji bo'lsa medal uchun kurashadigan, mana shu 2, 3 kun orasida chiqadigan sportchilarni stadionga chiqarmasak degan taklif bo'ldi. Bu masala murabbiylar kengashi, o'sha erdagi shtab bilan muhokama qilindi. Yakunda bayroqdor bo'ladigan sportchilarni o'zgartirish bo'yicha taklif o'rtaga tashlandi va muhokamadan keyin Oksana CHusovitinaga ham bu narsa elon qilindi",-dedi MOQ bosh kotibi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
20 avg 15:40:23
A
E quyselaci baxona topiwni Oksana carcab qolaman paradga ciqmiman dganda ertasi kuni otkaz qiganilada xafa bub motivatsyani uldriwdi db etmagan bulardi. Bundo azgina bo‘sayam yolg‘on gapirwnyam urganila. Ja olimpiyadaniyam qoyilatb keldila o‘zi davlatni pulini eb icib
   
21 avg 14:01:02
Abboskhon Tukhtasinov
Бахонани каттасини ясабди. Спорт ичида номард эркаклар хам бор афсус.
   
21 avg 13:59:10
Abboskhon Tukhtasinov
Шу котиб узи нима иш билан шугулланади. Факат олимпиада арафасида бирров сузга чикиб юради. Умуман котиблик ишиниям эплаб клолмайди менимча. Бу факат пахтакорлик килишни яхши куради шекилли. Марда булиб бирон бир ишни койиллатса экан. Шу дейман Урним билиниб турсин деб Оксанани урнига бошкасини куйиб иш киляппан деб уйлаган.
   
21 avg 09:54:42
Tomboy Bekorchi
Шу топган бахонангга узинг ишонасанми
   
21 avg 07:46:43
Djboy Umarov
Bu yerda kataroq pul muh rol oynagan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing