So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

11 okt 13:25
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya va Kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi oldinda turgan vazifalarni bajarishda, shubhasiz, bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi maqsadga muvofiqdir.

SHu nuqtai nazardan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining o'rinbosari, polkovnik Sarvar Mamayusupov, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o'rinbosari, polkovnik Alisher Norboev hamda O'zbekiston Kasaba Uyushmalari kengashi sport bo'limi boshlig'i Bahodir Tojiev bilan uchrashdi. 

Suhbat samimiy ruhda o'tib, unda sportchilarimizni Osiyo va Olimpiya o'yinlari, jahon chempionati kabi yirik musobaqalarga puxta tayyorlashda yanada chuqur hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi.

Malumki, ko'plab sport turlari bo'yicha terma jamoamiz vakillari bir vaqtning o'zida yuqoridagi tashkilotlarda ham xizmat vazifalarini ado etishadi. 

Suhbat davomida yirik musobaqalar arafasida harbiy sportchilarni funkcional xizmat vazifalaridan ozod qilish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, yuqoridagi tashkilotlarga qarashli sport bazalarida terma jamoalarimiz uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yo'lga qo'yish kabi masalalar bo'yicha atroflicha fikr bildirildi.

Suhbat yakunida mehmonlar MOQ muzeyiga tashrif buyurishdi va ularga Olimpiya o'yinlari tarixi hamda Mustaqilligimiz davrida Olimpiadalarda erishgan muvaffaqiyatlarimiz haqida so'zlab berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing