So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

19 fev 09:30
Yangiliklar

Eshkak eshish

MOQ prezidenti baydarka va kanoechilarimiz yig'inida bo'ldi

Yangi mavsumga O'zbekiston Rowing & Canoe federaciyasi ham qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ushbu yo'nalishda terma jamoamiz vakillari shu paytgacha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga 2 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 3 ta yo'llanma qo'lga kiritishgan. Yana bir necha haftadan so'ng esa vakillarimizni Tokio-2020 ga yo'llanma beruvchi so'nggi start kutib turibdi. Mana shunday masuliyatli pallada tayyorgarlik ayni avji pallasida.

O'z navbatida davlatimiz sportchilarimizning bekami ko'st shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Kecha MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Toshkent viloyati Tuyabo'g'iz suv omboridagi terma jamoamiz bazasiga tashrif buyurib, sportchilarimiz bilan uchrashdi va ular uchun qurilayotgan yangi obektlarni ko'zdan kechirdi. 

Tashrif davomida MOQ rahbariga XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va munosib ishtirok etish tadbirlarini muvofiqlashtirish SHtabi boshlig'i, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Toshmatov hamrohlik qildi.

Ayni paytda sportchilarimiz uchun Tuyabo'g'iz suv ombori bo'yida zamonaviy sharoitlarga ega qo'shimcha yangi sport bazasi qurilmoqda, eskisi rekonstrukciya qilinmoqda. Baydarka va kanoeda, shuningdek, slalomda eshkak eshish bo'yicha terma jamoamizni mart oyida Tailandda o'tadigan Tokio Olimpiadasiga licenzion Osiyo chempionati kutib turibdi.

Akademik eshkak eshuvchilarimiz esa aprel oyida Janubiy Koreyada o'tadigan qita birinchiligida Tokio-2020 yo'llanmasi uchun startga chiqishadi. Atletlarimiz ob-havoning bugungidek qiyinchiliklariga qaramay shug'ullanishda davom etishmoqda. Maqsad aniq – XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga imkon qadar ko'proq licenziya qo'lga kiritish va to'rt yillikning eng muhim sport festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etish.

Buning uchun esa tabiiyki sportchi va murabbiylarga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berish talab etiladi. MOQ rahbari bugungi tashrifi davomida mutassadilarga bu borada kerakli ko'rsatma va tavsiyalarni berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing