So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

24 iyu 09:53
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbariyati Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, Vazirlik qoshida yangi tashkil etilgan Madaniy-gumanitar hamkorlik, turizm va sport boshqarmasi rahbari Anvar Abduxalimov bilan uchrashdi.

Malumki, Tashqi ishlar vazirligi terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi nufuzli kompleks musobaqalar, qita birinchiligi va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va ishtirok etishida muhim hamkor tashkilotlardan biri hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida ushbu yo'nalishdagi aloqalarni yanada mustahkamlash, jumladan, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yo'lidagi muhim rejalar, yurtimizda ilk bor o'tkaziladigan Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o'yinlarida o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Anvar Abduxalimov Vazirlik qoshida yangi tashkil etilgan ushbu boshqarma faoliyati haqida batafsil malumot berib, atletlarimizning jahon arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga hissa qo'shishdan mamnun ekanini bildirdi. 

O'z navbatida, Oybek Kasimov bunday yo'nalish jamoalarimizning xorijga yo'l olishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning kamayishi, mavjudlarini bartaraf etishda tezkor echim bo'lishini takidlab, Vazirlik tomonidan yaratilayotgan bunday qulaylik uchun minnatdorchilik izhor etdi va o'zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanligini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing