So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

07 iyu 12:28
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ rahbariyati to'la qayta tamirlanayotgan Jizzax OZK faoliyati bilan tanishdi

Teglar :  MOQJizzax OZK
Respublikamiz hududlari bo'ylab o'rganish ishlarini olib borayotgan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatovning navbatdagi tashrifi Jizzax viloyatiga amalga oshirildi.

Mutasaddilarni viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Jaloliddin O'ktamov va Jizzax OZK direktori Xurshid Atakulov kutib olishdi. SHundan so'ng mahalliy mutaxassislar MOQ rahbariyatini viloyatda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirishdi.

Avval xabar berganimizdek, Qo'mita rahbariyatining bu kabi safarlari 23 may kuni Prezidentimizning sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha o'tkazgan videoselektordagi topshiriqlari asosida tashkil etilmoqda.

X.Atakulov MOQ rahbariyatini ayni paytda Investiciya dasturi bo'yicha to'laligicha qayta tamirlanayotgan Jizzax OZKning yangi loyihasi bilan tanishtirdi. Mutaxassis Kollejning yangicha qiyofasi, yotoqxona, o'quv korpuslari, quriladigan yangi zallar, kadrlarning malakasini muntazam oshirib borish rejalariga batafsil to'xtaldi. Uning so'zlariga ko'ra, kollej kelayotgan o'quv yilidan yangicha tizimda ish boshlaydi.

SHundan so'ng Yoshlar ishlari agentligi zalida viloyatdagi sport sohasining mutaxassislari bilan davlatimiz rahbarining selekciya tizimini butkul yangilash haqidagi topshirig'i asosida ishlab chiqilgan yangi reja taqdimoti bo'lib o'tdi. 

Unda taekvondo va dzyudo sport turlari misolida hudud va sektorlar kesimida tashkil etiladigan turnirlar loyihasi, murabbiy va hakamlarning malakasini oshirish bo'yicha rejalar xususida batafsil to'xtalib o'tildi va vazifalar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing