So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

26 noy 08:14
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Engil atletika

MOQ rahbariyati Yangiobodda shug'ullanayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  MOQBoks
Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoamiz uchun yaratilgan sharoitlar va federaciyalarimiz faoliyati bilan tanishishda davom etadi.

Kecha mutasaddilar Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan Yangiobod mavzesiga tashrif buyurishdi. 

Malumki, ushbu maskanda sport kurashlari va boks bo'yicha terma jamoalarimizning bazalari joylashgan. Uchrashuvda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, shuningdek, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etishdi. Tashrifning dastlabki qismi kurashchilarimiz bilan tashkil qilindi.

Ayni paytda Yangiobod yig'inida yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha terma jamoamiz vakillari ishtirok etishmoqda. Erkin kurashchilarimiz yig'ini esa poytaxtda olib borilyapti. Suhbat davomida har bir vazn toifasida sportchilarimizning Tokio Olimpiadasiga licenziya olish imkoniyatlari, yangi mavsumda Tokio Olimpiadasigacha kurashchilarimiz ishtirok etadigan musobaqa va yig'inlarni belgilab olish kabi masalalarga alohida to'xtalib o'tildi.

“Bu yig'inga kirishning o'zi katta gap. Buni har biringiz his qilishingiz kerak. Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Muhtaram Prezidentimiz bizga aniq vazifalarni belgilab berganlar. Unga ko'ra Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda barcha masalalarni hal qilib beradi. Buning evaziga sizlardan Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishingizni, o'z g'alabalaringiz bilan xalqimiz va yurtboshimizni xursand qilishlaringni so'rab qolamiz”, – dedi MOQ rahbari.

Ayni kunlarda “Yangiobod” o'quv bazasida engil atletikachilarimiz ham yig'in olib borishmoqda. Mutasaddilar yo'l-yo'lakay atletlarimiz bilan qisqa suhbat olib borishdi (Reja bo'yicha bir necha kundan so'ng O'zbekiston engil atletika federaciyasi bilan ham alohida uchrashuv bo'ladi). SHundan so'ng mutasaddilar bokschilarimiz mashg'ulot olib borayotgan hududga tashrif buyurishdi.

O'zbek sporti muxlislari bokschilarimizdan Tokio Olimpiadasida ham xuddi Rioda bo'lgani kabi chiroyli g'alabalar kutishmoqda. Bugun ushbu mavzuga alohida to'xtalib, jahon miqyosda bo'ladigan licenzion musobaqa orqali to'liq tarkibda yo'llanma olish va eng asosiysi Tokio-2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish masalalariga urg'u berib o'tildi.

“4-5 yil davomida katta mehnat orqali Riodagi natijaga erishganmiz. Endi bu darajani tushirib yuborishga haqqimiz yo'q. Negaki xalqimiz, muhtaram yurtboshimiz bizdan g'alaba kutadi. Barchangizga bu borada omad va zafarlar tilab qolamiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

Uchrashuv davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov bokschilarimiz bilan yig'in o'tkazishni xohlayotgan Turkiya, Angliya, Bahrayn kabi terma jamoalarning taklifini o'rganib chiqayotgani, 2021 yilning dastlabki oylari uchun tuzilgan rejalar haqida gapirib berdi. Takidlash joiz, har ikki terma jamoa bilan o'tkazilgan suhbatda 2022 yilgi Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiadasiga tuzilgan rejalarga ham to'xtalib o'tildi.

Ayni kunlarda “Yangiobod” o'quv bazasida engil atletikachilarimiz ham yig'in olib borishmoqda. Mutasaddilar yo'l-yo'lakay atletlarimiz bilan qisqa suhbat olib borishdi (Reja bo'yicha bir necha kundan so'ng O'zbekiston engil atletika federaciyasi bilan ham alohida uchrashuv bo'ladi). SHundan so'ng mutasaddilar bokschilarimiz mashg'ulot olib borayotgan hududga tashrif buyurishdi.

O'zbek sporti muxlislari bokschilarimizdan Tokio Olimpiadasida ham xuddi Rioda bo'lgani kabi chiroyli g'alabalar kutishmoqda. Bugun ushbu mavzuga alohida to'xtalib, jahon miqyosda bo'ladigan licenzion musobaqa orqali to'liq tarkibda yo'llanma olish va eng asosiysi Tokio-2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish masalalariga urg'u berib o'tildi.

4-5 yil davomida katta mehnat orqali Riodagi natijaga erishganmiz. Endi bu darajani tushirib yuborishga haqqimiz yo'q. Negaki xalqimiz, muhtaram yurtboshimiz bizdan g'alaba kutadi. Barchangizga bu borada omad va zafarlar tilab qolamiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

Uchrashuv davomida terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov bokschilarimiz bilan yig'in o'tkazishni xohlayotgan Turkiya, Angliya, Bahrayn kabi terma jamoalarning taklifini o'rganib chiqayotgani, 2021 yilning dastlabki oylari uchun tuzilgan rejalar haqida gapirib berdi.

 Takidlash joiz, har ikki terma jamoa bilan o'tkazilgan suhbatda 2022 yilgi Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiadasiga tuzilgan rejalarga ham to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing