So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

09 may 16:26
Yangiliklar

Boks/MMA, Qilichbozlik

MOQ raisi bokschi va qilichbozlarimizning yig'iniga tashrif buyurdi

Teglar :  QilichbozlikMOQBoks
MOQ rahbariyati Prezidentimiz bergan topshiriqlar bo'yicha terma jamoalarimiz bazalariga tashrif buyurib, u erda sportchilarimiz uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan yanada yaqindan tanishib bormoqda.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov Toshkent viloyatining “Yangiobod” va “Dukent” sport bazalarida Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorlanayotgan terma jamolarimizning yig'iniga tashrif buyurdi.

MOQ rahbari dastavval “Yangiobod”da bokschilarimiz bilan suhbatlashdi. Unda Tokio-2020 licenziyasini qo'lga kiritgan sportchilarimiz va ularning murabbiylari, federaciya mutasaddilari ishtirok etishdi. Suhbatda Rustam SHoabdurahmonov davlatimiz rahbarining Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayonida sportchilarimizni qo'llab-quvvatlayotgani, ayniqsa, bokschilarimizdan yuqori natijalar kutayotganini aytib o'tdi. 

SHuningdek, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda boksni rivojlantirish haqidagi yaqinda elon qilingan qarori, uning mazmun-mohiyati haqida gapirdi. MOQ rahbari uchrashuv davomida har bir bokschimiz bilan birma-bir ularning rejalari, ijtimoiy ahvoli, salomatligi bo'yicha gaplashib chiqdi. O'z navbatida, uchrashuvda federaciya bosh kotibi Murod Mamadaliev, terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov va shifokor Dilshod Kazakov sportchilarimizning bugungi jismoniy holati va salomatligi haqida malumot berishdi.

Xabar berganimizdek, hozirda ushbu bazada xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borilmoqda. Unda Jazoir, Eron, Ozarbayjon, Iordaniya kabi terma jamoalar ham ishtirok etyapti. Suhbatdan so'ng MOQ raisi jamoalarning mashg'ulot jarayonini kuzatdi.

SHundan so'ng Rustam SHoabdurahmonov “Dukent” bazasiga bordi. U erda qilichbozlik bo'yicha terma jamoamiz yig'in olib bormoqda. MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi bu erda ham licenziat sportchilarimizning har biri bilan yuzma-yuz, shundan so'ng murabbiylar va jamoaning boshqa vakillari bilan suhbatlashdi.

Takidlash joiz, qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ilk bor Olimpiya o'yinlariga 3 ta yo'llanma qo'lga kiritib, o'z tarixida yangi sahifa ochgan. MOQ rahbari uchrashuvda jamoamiz uchun barcha kerakli sharoitlar yaratib berilishi, ularning tayyorgarligi hukumatimiz tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini takidladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing