So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

27 jan 16:16
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

MOQ raisi JAR stadionidagi sharoitlar bilan tanishdi

Teglar :  MOQJAR
Futbol bo'yicha yangi mavsum yaqinlashib kelmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga futbol bo'yicha Olimpiya terma jamoamizni hozirdan tayyorlash borasida O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlik qilayotganidan xabaringiz bor.

MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov jamoaning uy uchrashuvlarini o'tkazish uchun nomzod stadionlardan biriga tashrif buyurdi. Poytaxtimizdagi «JAR» stadioni xalqaro talablarga javob bera oladigan, qulay sharoitlarga ega o'yingohlardan biri bo'lib, hozirda ushbu arenada hech bir klub o'z uy uchrashuvlarini o'tkazmaydi. 

«JAR» Pro-ligada to'p surishi kutilayotgan “Olimpik” jamoasining uy o'yinlarini o'tkazishga nomzod stadionlardan biri sifatida qaralmoqda. Tashrif davomida MOQ raisi stadionning bu boradagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Malumki, hozir futbolda mavsumlar oralig'idagi tanaffus bo'lib, jamoalar bo'lajak chempionatga tayyorgarlik olib borishmoqda. Namanganning “Navbahor” klubi ayni paytda ushbu stadionda yig'in o'tkazyapti. Rustam SHoabdurahmonov tashrif chog'ida jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov bilan uchrashib, Namangan klubiga yangi mavsumda omad tilab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing