So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 iyu 07:46
Yangiliklar

Dzyudo, Taekvondo, Tadbirlar, Karate, Kikboksing, Muaytay

MOQ sharq yakkakurashlari bo'yicha katta festivalga asos soldi

Poytaxtimizdagi Zarafshon kino koncert saroyida sharq yakkakurashlari va jang sanati bo'yicha katta sport festivali tashkil etildi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan o'tkazilgan ushbu sport bayramida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 25 ta sport yakkakurash federaciya va associaciyalar vakillari ishtirok etishdi.

Festivalda sharq yakkakurashlari hisoblangan karate va taekvondoning turli yo'nalishlari, shuningdek, dzyudo, sambo, ushu, penchak-silat, muaytay, kikboksing, o'zbek jang sanati, qo'l jangi, turon kabi sport turlari vakillari o'zlarining ko'rgazmali chiqishlari bilan yig'ilganlarni hushnud etishdi.

Ushbu ajoyib harakatlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va davomiy olqishlarga sazovor bo'ldi. Qolaversa, festivalga tashrif buyurganlar taniqli murabbiy va sportchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ham ega bo'ldilar. 

Tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, SHarq yakkakurashlari federaciyalari rahbarlari, murabbiylar, sportimiz yulduzlari va muxlislar ishtirok etishdi. Taniqli xonanda va estrada yulduzlarining ishtiroki esa sport bayramiga o'zgacha fayz bag'ishladi.

Mazkur festivalni o'tkazishdan ko'zlangan eng asosiy maqsad – ayni paytda tarqoq holda faoliyat yuritayotgan federaciya va associaciyalarni yagona maqsad yo'lida birlashtirishdir. 

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi so'nggi paytlarda noolimpiya sport turlaridagi etakchi, iqtidorli sportchilarni Olimpiya oilasiga mansub sport turlariga, yani, dzyudo, karate, taekvondo WTF kabi turlariga yo'naltirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Bu borada kecha tashkil etilgan festival muhim qadamlardan biri bo'ldi. Ushbu tadbir ularni o'zaro hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashga o'ziga xos davat bo'ldi. Bundan buyon ana shunday festivallarni muntazam ravishda o'tkazib borishga kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing