So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

25 jan 07:47
Yangiliklar

Gimnastika

MOQ va O'zbekiston gimnastika federaciyasi mutasaddilari mavjud muammoga echim qidirishmoqda

Teglar :  GimnastikaMOQ
Koronavirus infekciyasining insonlar salomatligiga, hayotiga etkazayotgan tasiri etmaganidek, undan sport sohasi ham talofat ko'rmoqda.

Pandemiya boshlangandan beri Yunusobod tumanidagi Gimnastika saroyi kasallikka chalingan hamyurtlarimizning davolanishi uchun beminnat xizmat qilib kelmoqda. Buning natijasida gimnastikachilarimiz uchun barcha sharoitlarga ega muqobil obekt topish yana dolzarb masalaga aylandi. 

MOQ mutasaddilari Ruslan Mustaev boshchiligidagi O'zbekiston gimnastika federaciyasi hamda Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi vakillari bilan ushbu masala yuzasidan fikr almashishdi.

Qayd etish joiz, Tokio-2020 ciklida qiyin sharoit bo'lishiga qaramay, gimnastikachilarimizning tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Sportchilarimiz uzliksiz xalqaro va mahalliy o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lishdi. Buni uchrashuv davomida yig'ilgan Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O'zbekiston gimnastika federaciyasi mutasaddilari va murabbiylar ham etirof etib, buning uchun Prezidentimiz va davlatimizga o'z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.

Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan barcha terma jamoalarda yilning eng muhim starti Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ham jadal suratlarda olib borilmoqda. Biroq yuqorida qayd etilgan masala sabab gimnastikachilarimizning yig'inida ayrim muammolar paydo bo'ldi.

Yig'ilish davomida sportchilarimiz shug'ullanishi uchun shahrimizdagi boshqa sport obektlari, ularni qabul qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Gap shundaki, gimnastikada mashg'ulotlar zali uchun bir qator meyorlar mavjud. Jumladan, badiiy gimnastikada shiftning balandligi 16 metrdan kam bo'lmasligi kerak. Erdagi to'shamalarda ham o'ziga yarasha talablar bor.

Suhbatda Toshkent Axborot-texnologiyalari universiteti, Toshkent moliya instituti, “Yunusobod sport majmuasi” shuningdek, yana bir qator zallarga etibor qaratildi. Agar o'rganishlar ko'ngildagidek natija bermaydigan bo'lsa, Gimnastika zali yaqinida engil konstrukciyali maxsus zal qurish varianti ham o'rtaga tashlandi. 

Qolaversa, sportimiz rivojini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha tayyorlanayotgan Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasiga ham takliflar kiritish bo'yicha muhokama olib borildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing