So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

22 sen 16:26
Yangiliklar

Gimnastika

MOQda majlislar davom etadi: navbat Gimnastika federaciyasiga

Teglar :  Gimnastika
MOQ rahbariyatining federaciya va associaciyalarimiz bilan Tokio-2020 yakunlari va kelgusi rejalar bo'yicha olib borayotgan tahliliy muhokamalari davom etmoqda.

Bugun ana shunday tadbir O'zbekiston gimnastika federaciyasi bilan o'tkazildi.

Unda Qo'mita raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustaev, O'zDJTSU qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Rashid Matkarimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Aziz Umaraliev, federaciya mutasaddilari va murabbiylar ishtirok etishdi.


Tokio-2020 cikli davomida olib borilgan ishlar, sarf-xarajatlar va Olimpiadadagi ishtirokka bag'ishlangan taqdimot bilan barchani Ruslan Mustaevning o'zi tanishtirdi. Yig'ilishda ko'tarilgan asosiy masala esa navbatdagi cikldagi asosiy muammo – gimnastikachilarimizning shug'ullanishi uchun asosiy bazaning yo'qligi bo'ldi. Boisi Gimnastika saroyida ayni damda koronavirus va pnevmaniya bilan kasallangan hamyurtlarimizga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Kelasi yil shu kuni esa Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari o'tayotgan bo'ladi, yana 3 yildan so'ng Parij-2024 Olimpiadasi. Ularda munosib ishtirok etadigan jamoani shakllantirish uchun sportchilar tez fursatda o'quv-yig'in mashg'ulotini boshlashi talab etiladi.

“Hozir badiiy gimnastika yo'nalishi bizda katta muammolardan biri bo'lib turibdi. Ayniqsa, guruh mashqi dasturida. Bu yo'nalishda Osiyo o'yinlarida ulardan oltin medal kutmoqdamiz. Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashgan qizlarimiz katta sportdan ketishayotganlarini malum qilishdi. Yangi avlodni jipslashtirib, chempionlik darajasiga olib chiqish uchun kech qolmoqdamiz”, – dedi Ruslan Mustaev.

O'z navbatida, MOQ rahbari sportchilarimizni vaqtincha xorijda shug'ullanish uchun xalqaro yig'inga jo'natish taklifini ilgari surdi:

“Davlatimiz rahbari sportchilarimiz uchun hamisha eng yaxshi qulayliklarni yaratib berishga harakat qilganlar. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Bu vaziyatda bir taklif bor: kelinglar, yangi shakllanayotgan jamoani avvalgi qizlarimiz shug'ullangan Moskvadagi badiiy gimnastika bazasiga jo'natsak. Ularning shakllanib olishlari uchun bu juda katta foyda bo'ladi, deb o'ylayman. Agar Sizlarda boshqa takliflar bo'lsa, ko'rib chiqishga tayyormiz”.

Federaciya mutasaddilari MOQ rahbarining ushbu taklifini qo'llab-quvvatlashdi. SHuningdek, yig'ilishda barcha yo'nalishga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, yangi Olimpiada ciklidagi tayyorgarlik strategiyasini to'liq ishlab chiqish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing