So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

30 jan 07:41
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan OAV va federaciyalar matbuot kotiblari bilan uchrashuv tashkil etildi

Prezidentimiz tomonidan o'tkazilayotgan so'ngi videoselektor va uchrashuvlar, yig'ilishlarda yurtimiz, xususan yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda.

Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis palatalari va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomada, xususan, 27 yanvar kuni yoshlar bandligini taminlash masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ham alohida takidlab o'tildi. 

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash, 2021 yil yurtimizda bo'lib o'tadigan yirik sport musobaqalari, xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari uchun licenzion turnirlarni to'laqonli va sifatli yoritish, federaciya va associaciyalar matbuot xizmatlari ishini jonlantirish, mamlakatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan “Sportni sev, sport bilan yasha” ommaviy sport musobaqalari targ'ibotini kuchaytirish kabi masalalar bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda yurtimizda sport mavzusini yoritib boradigan etakchi OAV xodimlari, olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar matbuot kotiblari, ustoz jurnalistlar hamda MOQ masul xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab, Oybek Omilovich yig'ilish ishtirokchilarini kun tartibi bilan tanishtirdi va OAV xodimlaridan sport sohasini yoritishda yuzaga kelayotgan muammolar haqida so'radi. Bu masala yuzasidan “O’zbekiston 24” telekanali bosh muharriri Norbek Niyozov, “SPORT” telekanali direktori Zohid Karimov, “Pravda Vostoka” gazetasi sharhlovchisi, tajribali jurnalist Timur Nizaevlar o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi. Jumladan, yurtimizda sport sohasini yoritishda tomoshabinga real xolatni ko'rsatish, muammo va kamchiliklarni ko'tarish, ularga echim izlash, tanqid va tahlil tendenciyalariga amal qilgan xolda sohani rivojlantirishga hissa qo'shish haqida fikr bildirishdi.

“Agar biz chindan ham mamlakatimizda sportni rrivojlantirishni, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni istasak, har qanday balandparvoz iboralardan voz kechib, vaziyatga real baho berishimiz kerak. Agar muammo va kamchilik bo'lsa, ularni yashirmay, aksincha boricha ko'rsatishimiz kerak. Bu bilan biz eng avvalo joylardagi rahbarlarni harakat qilishga, o'z ustida ishlashiga, kreativ fikrlashga, byudjet mablag'larini maqsadli sarflashiga erishamiz. Ana o'shandagina sport taraqqiyoti haqida gapirsak bo'ladi. SHu bilan birgalikda tanqidlar asosli va konstruktiv bo'lishi kerak”, – dedi Zohid Karimov.

Uchrashuv kun tartibidan, shuningdek, matbuot kotiblarining yanvar oyidagi faoliyatlari tahlili, Prezidentimiz tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, terma jamoalarimizning Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarliklarini xalqimizga yanada keng yoritish, yurtimiz yoshlari orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish kabi masalalar o'rin oldi.

Yig'ilish yakunida Oybek Kasimov so'z olib, shunday dedi:

“Muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz yoshlarining kelajagiga qanchalik qayg'urayotganlarini barchamiz ko'rib turibmiz va bu bejiz emas, albatta. Zero yurtimiz aholisining 55% ini 30 yoshgacha bo'lgan kelajagimiz egalari tashkil etadi. Davlatimiz rahbari takidlashlaricha bugungi yoshlar ancha faol va biz ularni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishimiz, ommaviy sport va sog'lom turmush tarziga targ'ib qilishimiz kerak. Agar biz bugun ularni qamrab olmasak, imkoniyat va sharoit yaratib bermasak, ertaga kech bo'lishi mumkin. SHunday ekan barchamiz o'z ishimizga vijdonan yondashishimiz talab etiladi”, – dedi MOQ Bosh kotibi.

Yig'ilish yakunida matbuot kotiblariga ham faoliyatini yaxshilash, ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan kerakli tavsiya va ko'rsatmalar berildi. O'z navbatida OAV xodimlari va matbuot kotiblari uchun viloyatlarga xizmat safarlari va press-turlar tashkil etib berish bo'yicha takliflar ilgari surildi. Bu esa o'z navbatida hududlardagi muammolarni aniqlash va ularga echim topish uchun xizmat qiladi. MOQ rahbariyati bunday tashabbus va takliflarni qo'llab-quvvatladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing