So’nggi yangiliklar

12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0

15 jan 09:12
Yangiliklar

Gimnastika

Moskvada shug'ullanayotgan gimnastikachi qizlarimiz bilan onlayn uchrashuv

Teglar :  GimnastikaMoskva
O'zbekiston gimnastika federaciyasi hozirda Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun delegaciyamiz hisobiga 2 ta yo'llanma taqdim qilgan.

Tokioda afsonaviy Oksana CHusovitina hamda Abdurasul Abdurahimov sport gimnastikasi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Federaciya mutasaddilari va sportchilarimiz bu bilan to'xtab qolish niyatida emaslar, albatta. Sportchilarimizdan oldinda bir qator yo'nalishlar bo'yicha yo'llanmalar kutilmoqda. Ayniqsa, badiiy gimnastikachilarimizdan.

Badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining etakchi vakillari oktyabr oyidan beri Rossiyaning Moskva shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda. Ushbu yig'in davomida qizlarimiz guruh va yakkalik yo'nalishlari bo'yicha tayyorgarlik ko'rishyapti. Bugun MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov sportchilarimiz bilan ZOOM platformasi orqali onlayn ko'rishdi. Suhbatda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston gimnastika federaciyasi raisi vazifasini bajaruvchi Ruslan Mustaev, shuningdek, MOQ va federaciya mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Onlayn muloqot davomida murabbiy Ekaterina Pirojkova gimnastikachilarimizning u erdagi kun tartibi, mashg'ulotlar grafigi bilan yaqindan tanishtirdi. MOQ raisi uchrashuvda federaciya mutasaddilari va sportchilarimizga mavsum oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va federaciyalar faqat Siz sportchilar uchun xizmat qiladi. Hukumatimiz tomonidan musobaqalarga tayyorlanishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Biz bir jamoamiz. Qolaversa, Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonovaning gimnastikachilarimizni qo'llab-quvvatlayotganiga alohida to'xtalib o'tmoqchiman. Ayniqsa, Irina Aleksandrovnaning yordamlari orqali badiiy gimnastikamiz o'sishda davom etmoqda. Bunday vatandoshlarimizning yordami bilan yangi marralarni zabt etamiz. Tokioga tayyorgarlik masalalari moliyaviy jihatdan davlatimiz tomonidan taminlanganini alohida aytib o'tmoqchiman. So'nggi bir necha oy davomida onlayn musobaqalarda munosib ishtirok etdingiz. Endi buni amalda ham ko'rsatish kerak. O'z familiyangiz, davlatingiz va oilangizni mashhur qiling”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Taqvimga ko'ra, badiiy gimnstikachilarimizni yangi mavsumda 4 ta Jahon kubogi bosqichi va licenzion Osiyo chempionati kutib turibdi. Har ikki musobaqa yakkalik yo'nalishi uchun yo'llanmalar taqdim qilsa, guruh mashqlari uchun faqat Osiyo chempionati orqali yo'llanma olish mumkin. Rustam SHoabdurahmonov uchrashuv yakunida barcha sporchtilarimizga omad va zafarlar tilab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing