So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 apr 12:59
Yangiliklar

Dzyudo, Taekvondo

Muhammadkarim va Nigorani tabriklaymiz!

Bugun taekvondo bo'yicha Osiyo chempioni Nigora Tursunqulova hamda dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Muhammadkarim Hurramov o'z tavallud ayyomlarini nishonlamoqda.

Muhammadkarim Hurramov - 1997 yilning 4 aprel kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Yani, polvonlar yurtidan! Dzyudo sport turini tanlashi tasodif emas. Vohaning aksariyat o'g'lonlari yo kurashchi, yoki dzyudochi bo'lishadi.  Muhammadkarimda ham xuddi shunday holat kuzatildi. U olimpiya o'yinlari oilasiga mansub dzyudoni tanladi.  

Bugun 24 yoshga to'lgan dzyudochimiz o'tgan yili Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkazilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylangandi. 

SHuningdek, bugun taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Nigora Tursunqulovaning ham tug'ilgan kuni. 2018 yil Xoshiminda o'tgan Osiyo chempionatida oltin, 2018 yil Butunjahon armiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan, 2016 yilgi Olimpiadada ishtirok etgan Nigora Tursunqulova 22 yoshga to'ldi.

Fursatdan foydalanib, har ikki sportchimizni bugungi tavallud ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, oila azolari baxtiga hamisha sog' bo'lib yurishlarini tilaymiz. Sportchilik faoliyatlarida esa Olimpiada medalini qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz va bunga ishonamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing