So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

20 fev 13:56
Yangiliklar

Engil atletika

Mukofot jamg'armasi 350 million so'mlik Toshkent xalqaro marafoniga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi + FOTO

Xabaringiz bor, 22 mart kuni Toshkent shahrida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan II Toshkent Xalqaro marafoni o'tkaziladi.

Bugun, 20 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida ushbu marafonga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Elbek SHukurov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi Andrey Abduvaliev, federaciya bosh kotibi Kamoliddin Ro'zimuhammedov, marafon tashkiliy qo'mitasi azolari, OAV xodimlari va sportchilar ishtirok etishdi. 


Anjuman davomida mutasaddilar xalqaro marafonning ahamiyati, tashkiliy jarayonlari haqida gapirib o'tishdi. 

Elbek SHukuruv ushbu marafon yurtimizda sportga ko'rsatilayotgan etibor samarasi ekanligi, mazkur tadbir orqali yurtimizda sport turizmi rivojiga ham hissa qo'shilishini aytdi, marafonning tashkiliy jihatlari, ushbu marafonning mukofot jamg'armasi 350 million so'm ekanligi haqida malumot berdi. 



Anjumanda Oybek Kasimov so'zga chiqar ekan, ushbu marafon yurtimizda sportni ommalashtirishga o'z hissasini qo'shishini alohida takidladi.

Andrey Abduvaliev va Kamoliddin Ro'zimuhammedov bu yilgi xalqaro marafonning tashkiliy masalalari haqida gapirib berdi. Unga ko'ra, avvalgi yili tashkil etilgan marafonda 30 mamlakat vakillari ishtirok etgan bo'lsa, bu yil ushbu ko'rsatkich ikki baravarga oshishi kutilayotganini, shuningdek ishtirokchilar borasida ham o'sish bo'lishini aytib o'tdi. Marafonni tashkil etish uchun tashkiliy qo'mitaga tajribali mutaxassislar jalb etilgani alohida takidlandi. 

SHundan so'ng OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.


Marafonga keladigan xorijiy sportchilar koronavirus bo'yicha tekshiruvdan o'tkaziladimi?

Darhaqiqat, koronavirus mavzusi bugungi kunda keng muhokama qilinmoqda. Ammo, dunyo bo'ylab sport to'xtab qolgani yo'q. Marafonni tashkil etish uchun hukumat darajasida hujjatlar tayyorlangan. Unda Sog'liqni saqlash vazirligi oldiga ham tegishli vazifalar belgilangan. Umuman, ushbu yo'nalishda ham dunyo tajribasi asosida tayyorgarlik olib borilmoqda. 


Marafonda Olimpiya ochkolarini berish masalasi

Ushbu marafon AIMS (Xalqaro uzoq masofa va marafonlar associaciyasi) taqvimiga kiritilgan. Unda sportchining qo'lga kiritilgan ochkolari va o'rni uchun reyting ballari beriladi. Musobaqa orqali sportchi o'z reytingini ko'tarib olishi mumkin bo'ladi.




Marafon trassasi haqida

Ushbu marafon trassasi uchun xalqaro sertifikat berilgan. Ushbu trassa Osiyo chempionati talablariga ham javob beradi. 


Marafonda ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

15 martgacha marafon rasmiy sayti - uzmarathon.uz saytida ro'yxatdan o'tish kerak. Bundan tashqari, O'zbekiston engil atletika federaciyasida ham ishtirokchilarni offlayn tarzda ro'yxatdan o'tkazish yo'lga qo'yilgan. 


Marafonda qatnashish uchun badal pullari bor:

1, 5 km masofadagi yugurishda ishtirok etish uchun - 60 000 so'm

3 km - 80 000

21 km - 100 000

42 km - 200 000

Barcha startlar ketma-ket amalga oshiriladi. Demak, bir ishtirokchi ikki xil yo'nalishda qatnasha olmaydi. 


Tokio Olimpiadasida marafon uchun licenziyalar qisqartirildi. Buning evaziga etakchi atletlarni O'zbekistonga chaqira olishimiz mumkinmi? O'zbekistonlik marafonchi Sitora Hamidova ayni paytda qanday formada?

Ha, Olimpiya o'yinlarida marafon uchun licenziyalar qisqartirildi. Atletlar Toshkentdagi marafonda ham ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. 

Sitora Hamidova ham marafonda qatnashadi. Bundan tashqari ayni paytda Qirg'izistonda yig'in olib borayotgan atletlarimiz - Petrov, Xmelevskaya, Tunguskova kabi sportchilarimiz ham ishtirok etishi mumkin. 

350 millionlik mukofot jamg'armasi qaysi manbaalar asosida moliyalashtiriladi?

Harajatlar homiylar hisobidan qoplanadi. SHuningdek, hozirda homiylik bo'yicha ishlar ham olib borilmoqda. Bundan tashqari, davlat ham marafonga pul ajratgan. 


350 million so'mlik mukofot jamg'armasi jahondagi etakchi marafonchilarni jalb qilish uchun kamlik qilmaydimi?

To'g'ri savol. Bunday summa bilan jahonning etakchi marafonchilarini qiziqtirib bo'lmaydi. Tabiiyki, marafonchilar uzoq yo'l bosib, turli harajatlar orqali kelishadi. Reytingda kuchli o'n beshlikka kirgan sportchi uchun bunday pullar kamlik qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz - xalqni sportga qiziqtirish, sportni ommaviylashtirishdan iborat. Ammo kelajakda ushbu masala bo'yicha ham ish olib boramiz. 


Anjumanda ishtirok etgan sportchilarimiz ichida Jaloliddin Masharipov ham so'zga chiqdi: "Bunday marafon tashkil etilayotganidan xursandman. Ushbu yirik sport tadbiriga mashhur sportchilarni ham jalb etish lozim. Bunday tadbirlar orqali sportga qiziqish yanada ortadi", - dedi "Paxtakor" futbolchisi. 

SHu tariqa, II Toshkent xalqaro marafoniga bag'ishlangan matbuot anjumani o'z nihoyasiga etdi. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Foto: Alimurod Mamadaminov


Reyting:    

Fikrlar

   
21 fev 09:32:31
SPRINTERshashist
Марафонда 350 миллион мукофот жамгармаси бор экан . Нима учун взнос куйдинглар 60мингдан 200минггача? Ман хам катнашмокчи эдим. Киморми харомми деб иккиланиб турибман. Марофонни энг фойдали жихати тайёргарлик хисобига саломатлик идеал холатигача келиши мумкин . Шу томони кимордан ажратиб турибди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing