So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

25 avg 18:18
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Mustaqilligimizning eng yaxshi sportchilarini aniqlashda 110 mingdan ortiq muxlis ishtirok etdi

Teglar :  MOQTangrievQosimov
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida katta tanlov o'tkazdi.

Unda so'nggi o'n yilliklar uchun 15 nafar sportchimiz saralab olindi va eng yaxshi 3 sportchi ovoz berish yo'li orqali aniqlandi. 10-24 avgust kunlari o'tgan mazkur tanlovda 110 mingdan ortiq muxlislar ishtirok etdi. Unga ko'ra, 1991-2000 yillarda Mirjalol Qosimov, 2001-2010 yillarda Abdullo Tangriev, 2011-2020 yillarda Oksana CHusovitina nomzodi g'alaba qozondi. 

Keling, bularning barchasi qanday o'tganini tahlil qilamiz:

Dastlab, 10-14 avgust kunlari 1991-2000 yillar uchun eng yaxshi sportchi aniqlab olindi. Unda Mirjalol Qosimov nomzodi g'olib deb topildi:

Ishtirokchilar soni: 7822

1-o'rin: Mirjalol Qosimov (futbol) – 2644 ovoz (34%)

2-o'rin: Muhammadqodir Abdullaev (boks) – 2601 ovoz (33%)

3-o'rin: Artur Grigoryan (boks) – 1005 ovoz (13%)

4-o'rin: Lina CHeryazova (fristayl) – 948 ovoz (12%)

5-o'rin: Armen Bagdasarov (dzyudo) – 624 ovoz (8%)


15-19 avgust kunlari 2001-2010 yillar uchun eng yaxshi sportchi nomi malum bo'ldi. Mazkur tanlovda Abdullo Tangriev nomzodi g'alaba qozondi:


Ishtirokchilar soni: 3646

1. Abdullo Tangriev (dzyudo) – 1636 ovoz (45%)

2. Artur Taymazov (erkin kurash) – 1456 ovoz (40%)

3. Vadim Menkov (kanoeda eshkak eshish) – 211 ovoz (6%)

4. Server Jeparov (futbol) – 195 ovoz (5%)

5. Ekaterina Xilko (trampolin) – 148 ovoz (4%)

20-24 avgust kunlari 2011-2020 yillar uchun o'tkazilgan tanlovda Oksana CHusovitina nomzodi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ushbu jarayonda 99.9 ming muxlis qatnashdi.


Ishtirokchilar soni: 99.9 ming

1. Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi) – 35639 ovoz (36%)

2. Murodjon Ahmadaliev (boks) – 29176 ovoz (29%)

3. Ruslan Nurudinov (og'ir atletika) –15842 ovoz (16%)

4. Rishod Sobirov (dzyudo) – 11494 ovoz (11%)

5. SHahobiddin Zoirov (boks) – 7760 ovoz (8%)

SHu tariqa, mazkur tanlovda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchilar Mirjalol Qosimov, Abdullo Tangriev va Oksana CHusovitina g'olib bo'lishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing