So’nggi yangiliklar

11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0

06 jan 15:06
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Mutlaq jahon chempionlik janglari, uzoq kutilgan qaytishlar va kelajak uchun janglar. 2023 yilning intizorlik bilan kutilayotgan TOP-10 janglari

Yangi 2023 yil ham kirib keldi. Bu yil MMA va boks olamida bizni juda ko'plab super va daxshatli janglar kutib turibdi.

2023 yilning intizorlik bilan kutilayotgan janglar TOP-10ligi bilan tanishing.

Islam Maxachev — Aleks Volkanovski

11 fevral kuni Pertda navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi. UFC 284 kechasining markaziy jangida engil vazn chempioni Islam Maxachev kamarini yarim engil vazn chempioni Aleks Volkanovskiga qarshi himoya qiladi. Bu jangda Islam favorit. Ikki jangchi P4P reytingining birinchi pog'onasi uchun oktagonga ko'tariladi. Islam Aleksning yurtida jang qilishga rozilik berdi va ko'pchilikni olqishiga sazovor bo'ldi.


Artur Beterbiev — Dmitriy Bivol

2022 yilda juda ko'p bor tashkil etilishi shart deb aytilgan to'qnashuv. Endi bokschilar yangi yilda o'zaro jang qilishlari mumkin. Har ikkisi ham hali mag'lub bo'lmagan. Ikkita chempion to'rtta kamar uchun. Ular o'rtasidagi jang mutlaq chempionlik uchun bo'lishi mumkin. Har ikkisi ham bu jangga rozi, faqatgina jang sanasi va manzilini kelishib olinsa bo'lgani.

Jon Jons — Frensis Ngannu

Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jonsning oktagonga qaytishi juda cho'zilib ketdi. U bir yildan oshiq vaqtdan beri og'ir vaznda debyut qila olmadi. Endi u tayyor. Raqib esa vazn chempioni Frensis Ngannu bo'ladi. Ngannu ham UFC bilan muammolarini hal qilib oldi va yana tashkilotda jang qilishga tayyor. UFC rahbari bu jangini UFC 285 kechasida tashkil qilishni reja qilgan.

Tayson Fyuri — Aleksandr Usik

Millionlab muxlislar intizorlik bilan kutayotgan yana bir mutlaq jahon chempionlik uchun kechadigan jang. Britaniyalik Usikni mag'lub etish uchun faoliyatini tiklaganini malum qildi. Fyurining fikricha, uning raqibida hech qanday imkoniyat yo'q. Jang tashkilotchilari bo'lajak jangni mart oyida tashkil etishni reja qilishgani haqida xabar berilgandi. 20 yildan beri kutilayotgan mutlaq jahon chempionlik jangiga ham juda oz muddat qolgandek...

Valentina SHevchenko — Amanda Nunes

MMA olamining muxlislari trilogiya ko'rishni juda istashmoqda. Sababi ko'pchilik bundan avvalgi har ikki jangda ham Amanda Nunesning g'alabasiga shubha bilan qarashadi. Valentina o'zining vaznidagi barcha raqiblarini «tozalab» bo'ldi. Amanda esa Penyadan kamarini qaytarib olishga erishdi. Endi navbat ikki UFC chempionlarining o'zaro janglari.

Xamzat CHimaevning kimgadir qarshi jangi...

Ha ko'pchilik uchun Xamzatning qaytishi juda qiziq. Birinchidan u juda ko'plarga «sakrab» qo'ydi va jangsiz qoldi. Ikkinchidan Bernsga qarshi jangidan so'ng uning qudrati haqidagi afsonalarga shubha bilan qaray boshlashdi. Bu jang orqali Xamzat ham oddiy jangchi ekanligi va uni ham oktagonda qiynab qo'yish mumkinligi isbotlandi. Hozircha Xamzat qaysi vaznda jang qilishi nomalum bo'lib qolmoqda. U yarimo'rta vazn limitini qilishda qiynalmoqda. O'rta vaznda chempionlik uchun jang qilishi esa ko'pchilik uchun g'alati tuyilmoqda. Allaqachon Kolbi Kovington unga qarshi jang qilmasligi malum bo'ldi. Hozircha unga raqib yo'q, ko'ramiz uning navbatdagi «o'ljasi» kim bo'ladi?

SHari Bulletning UFC'dagi debyuti

Ha siz noto'g'ri o'qimadingiz? SHarabutdin Magomedov (11-0) o'tgan yilni super tarzda o'tkazdi va 2022 yilda to'rtta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozondi. Yil so'nggida esa u UFC bilan shartnoma imzoladi. SHarining jang uslubi ko'pchilik MMA muxlislari uchun yoqadi. U ajoyib harakat qiladi va tezda raqibini nokaut qilishga harakat qiladi. Dana yana bir «javohir» bilan shartnoma imzoladi va ko'plar uni tezroq oktagonda ko'rishni istamoqda.

Murodjon Ahmadaliev — Stiven Fulton

Birinchi yarim engil vazn toifasida to'rtta kamarga egalik qiluvchi bokschilar o'rtasidagi to'qnashuvni millionlab o'zbekistonlik boks muxlislari kutishmoqda. Hamyurtimiz navbatdagi jangini Marlon Tapalesga qarshi o'tkazadi. Agar bu jangda Murodjon g'alaba qozonsa, navbatdagi jangini mutlaq jahon chempionligi uchun Stiven Fultonga qarshi o'tkazishi mumkin. Umid qilamizki, kirib kelgan yilda Murodjon barcha kamarlarni birlashtiradi va yana bir bor O'zbekiston tarixiga kiradi.

Konor Makgregor — Maykl CHendler

UFC afsonasi so'nggi besh yil ichida atigi to'rttagina jangda ishtirok etdi va faqatgina bittasida g'alaba qozondi. U bir necha bor faoliyatini yakunladi va yana qaytdi. 2023 yilda muxlislar Konorni qaytishini intizorlik bilan kutmoqda. Ular Makgregor va CHendler jangini ko'rishni istashmoqda. Bu jangni UFC ham tashkil etishga rozi ekanligini malum qildi. Jang bo'lishi uchun esa Konor USADA testidan tezroq o'tishi lozim.

Deontey Uaylder — Entoni Joshua

Har ikki bokschi so'nggi janglarida omadsizliklarga uchrashdi va chempionlik kamarlaridan mahrum bo'lishdi. Biroq har ikkisi hali ham boks olamida eng ko'zga ko'ringan vakillaridan hisoblanishadi. Ularning janglari juda ko'plab chempionlik janglaridan ko'proq muxlislarni qamrab olishi aniq. Bu jang katta afisha. Ularning har ikkisi ham bu jang tashkil etilishga rozi. Ikkita daxshatli zarba sohiblari. Bitta zarba butun boshli jang taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan to'qnashuv.

Reyting:    

Fikrlar

   
06 jan 16:40:10
CHELSEA2211
Naoya Inuiy Murodjondi vazniga koʻtarildi... Haqiqiy Monster...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing