So’nggi yangiliklar

20:49Қаршида Ўзбекистон кубогининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди 0 20:28Дмитрий Бивол: "Ҳозир Бетербиевни унутиб туришим лозим" 0 20:07Туркманистон терма жамоаси легионери Ўзбекистонга қарши ўйнамайди 0 19:46"Ролан Гаррос". Даниэль Коллинз муваффақиятли старт олди 0 19:25Ислам Махачев: "Порье билан жангим тўлиқ давом этмайди" 0 19:04Дунёнинг 7-ракеткаси қаторасига иккинчи йил ҳам "Ролан Гаррос"ни 1-даврадаёқ тарк этди 0 18:43Анчелотти Лига 1`да 9-ўринни эгаллаган жамоани бошқариши мумкин 0 18:22Зарруҳ Адашев Хабиб Нурмагомедовга мурожаат қилди + ФОТО 0 18:01Вазирликда икки томонлама ҳамкорлик алоқалари муҳокама қилинди 0 17:40МУТОЛАА УЧУН: Бокс тарихидаги даҳшатли қайтишлар: Муҳаммад Али, Форман, Кличко, Тайсон... 0 17:19Суперлига. 10-тур учрашувларининг бошланиш вақтлари маълум 0 16:58Даниил Медведев "Ролан Гаррос"даги юришини бошлади 0 16:37Ислам Махачев UFC'нинг янги қўлқоплари ҳақида: "Энди кўпроқ қон тўкилади" 0 16:16Конор билан бир оқшомда жанг қиладиган собиқ UFC чемпионининг янги рақиби эълон қилинди 0 15:55Модрич фаолиятини якунлаши ҳақида: "Ҳали вақти келмади" 0

17 fev 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Mutolaa vaqti! Taqdiri Mbappega o'xshab ketayotgan Konor

Yangi yil kuni UFC’ning asosiy yulduzi, tashkilotning sobiq ikki karra chempioni Konor Makgregor yana bir bor jamoatchilikka yuzlanib, navbatdagi jang sanasini elon qilgandi.

Ushbu xabarni ko'plab UFC muxlislari kutayotgan edi. "Sport tarixidagi eng katta kambek Las-Vegasdagi janglar haftaligida bo'lib o'tadi. 29 iyun kuni mening raqibim Maykl CHendler bo'ladi, jang o'rta vazn toifasida o'tkaziladi", degandi o'shanda Konor. 

Aytish lozimki, Makgregor birinchi marta "sport tarixidagi eng katta kambek" bo'lishini 2021 yilning oktyabrida, Dastin Pore bilan jangda oyog'i singanidan to'rt oy o'tib, malum qilgandi. O'shandan beri irlandiyalikning oktagonga qaytishi haqida aqlbovar qilmas darajada mish-mishlar tarqaldi. Albatta, spektakllarning kamligi tufayli ayrimlar Konorni jangchi sifatida unutishni boshlagan, ammo u hali hamon avvalgi Konor ekanligini hech bo'lmasa ijtimoiy tarmoqlar orqali yodga solib turibdi. 

O'tgan yilning oxirida uning qaytishi, USADA test sinovlaridan o'ta boshlagani va potencial ravishda muxlislar hamda promoushen rahbariyati tomonidan UFC 300 musobaqasida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi taxminlar mavjud edi. Biroq, Dana Uayt o'z intervyusida Makgregorni yozda kutmaslik kerakligini aytdi. Avvalroq, u matbuot anjumanlarining birida Konorning jangi jangchining o'zi emas, balki UFC elon qilganidagina bo'lib o'tishini aytdi. The Pat McAfee Show bilan bo'lgan suhbatda esa promoushen rahbari bu haqidagi savolga noaniq javob berdi. "Oxir-oqibat, jang shu yil bo'lib o'tishiga umid qilaman. Sana hali aniqlanmagan. Bu ish kuzda sodir bo'lsa kerak", degandi Dana Uayt. 

Asosan Uayt irlandiyalikning qaytishiga juda optimistik bo'lganlardan biri hisoblanadi. Birinchidan, u Maykl bilan 2023 yil avgustida jang o'tkazishni kutgan edi, keyin esa bahs yil yakunida bo'lib o'tishi malum qilindi. Makgregorning o'zi hatto UFC veb-saytidan soxta skrinshotlarni ham joylashtirgan, u erda uning jangi dekabrdagi UFC 296 turnirining asosiy voqeasi sifatida qayd etilgan, ammo yakunda hammasi safsata bo'lib chiqdi. Konor yo'qligida uning vaznida ko'plab yangi jangchilar paydo bo'ldi. Ulardan biri Iliya Topuriya, u shu qadar optimistki, ertaga Aleksandr Volkanovskini mag'lub etib, yil oxirigacha Konor bilan jang qilishni istaydi. 

Sobiq chempion umuman chiqishini davom ettirmoqchimi yoki yo'q, bu nomalum! Uning o'zi xohlagan gaplarini aytishi mumkin, lekin harakatlari hozircha tamoman aksi. Agar Dananing so'zlariga qaytadigan bo'lsak, o'tgan yozda u allaqachon bu masala bo'yicha maslahat bergandi: "Sizlar bir narsani tushunishingiz kerak, bu yigitning puli ko'p, xuddi Xabib kabi. Ular juda boy va ularni jangga taklif qilish qiyin". 

Hammaga ayonki, Konor - mutlaqo mustaqil yulduz. U pul uchun sakkizburchakka qaytmaydi, shunchaki chiroyli xotima uchun kambek qilishi mumkin. Hamma savol shundaki, o'zi Makgregorning ambiciyalari bormi? U allaqachon ikki vazn toifasida chempion bo'lgan. Irlandiyalik yaxtada dam olayotgan paytda yana chempionlik haqida o'ylaganiga ishonish mushkul. 

Ehtimol, Konorni yana ko'rishning yagona umidi, yubiley turnir bo'lmish - UFC 300! Balki Dana va sportchi beparvolik qilib, shov-shuvli voqelik tayyorlayotgandir. Yaqinda asosiy musobaqa ishtirokchilari Super Bowl finalida elon qilinishi haqida xabarlar paydo bo'ldi. Tashkilot bunday katta musobaqa uchun ko'plab reklama joyini sotib olayotganini inobatga olib, UFC 300 turnirida Tom Aspinall va Aleks Pereyra jangi u qadar shov-shuvli bo'lmasligini rahbariyat ham, muxlislar ham bilib turibdi. Jon Jonsning jarohati bor, shu bois u jang qila olmaydi, demak yagona superyulduz sifatida Konor qolmoqda, xolos. Biroq, Uayt aytganidek, irlandiyalik kuzda oktagonga qaytishi ham mumkin. Unda ham bo'lmasa dekabrda, unda ham bo'lmasa, 2025 yilda va bu voqelik shunday cho'zilib ketishi ham hech gap emas.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing