So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

22 okt 17:00
Yangiliklar

Boks/MMA

MUTOLAA VAQTI. Xamzat CHimaev nega Rossiya emas, SHveciya bayrog'i ostida jang qilgan?

CHechenistonlik aralash yakkakurash ustasi o'zini tinchlikparvar inson deb ataydi.

Xamzat CHimaev - UFC'ning yarimo'rta vazn toifasidagi chechenistonlik jangchisi! U oktagonga chiqayotganida SHveciya jangchisi deb elon qilinardi. Xamzat 10 yilda davomida SHveciyada yashagan. CHimaev o'zini "chechen va musulmon"dek his qiladi va Rossiya vakili ekanini aytadi.

U nima uchun SHveciyaga ko'chib o'tdi va bu Skandinaviya davlati bilan uning qanday aloqasi bor?

"Bizda non yo'q edi"... CHimaevning bolaligi CHechenistondagi urush yillariga to'g'ri keladi. Xamzat CHechenistonning Gvardeyskoe qishlog'ida tug'ilgan, u erda maktabda o'qigan va erkin kurash bilan shug'ullangan. Hustle MMA podkastida maktabda yoshi kattaroq o'quvchi bilan urishganini esladi: "Men bir yigitni taniyman, biz do'stmiz. O'shanda u 11-sinfda, men beshinchi sinfda o'qirdim. Janjal bo'lgan. Darsdan keyin men: "Ko'chada gaplashib olamiz" deganman. U meni chapga-o'ngga yiqitib 10 daqiqa urgan, lekin keyin u charchadi va men uni ura boshladim".

CHimaevning bolaligi birinchi va ikkinchi CHechen urushi davriga to'g'ri keladi (CHimaev 1994 yilda tug'ilgan, birinchi CHechen urushi boshlangan yil), shu sababli bu davr uning oilasi uchun qiyin bo'lgan. U bu haqda Neyt Diazga qarshi muvaffaqiyatsiz jang oldidan gapirgandi: "Urush paytida ulg'aydik. CHechenistonda hamma narsa butunlay boshqacha edi. Diaz maktabga bordi. Hayoti yaxshi edi, ularda non bor edi. Ammo bizda bo'lmagan".

CHimaevning o'zi SHveciyada qolish sabablaridan biri sifatida akasining operaciyasini ko'rsatgan: "Mening yana bir akam bor, uning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bor edi, uni operaciya qilish uchun shu erga kelishimiz kerak bo'lgan. Uning orqa qismida katta gematoma bor edi. Ko'p qon to'plangan va operaciya zarur edi. Biz tavakkal qildik, SHveciyaga keldik va shu erda qoldik".

SHu bilan birga, CHimaev bilan janjallashib qolgan Abubakar Nurmagomedov uning harakati haqida shunday deydi: "Ko'chib ketib, o'z CHecheniston Respublikasi ustidan shikoyat yozib, o'sha erda kamsitishyapti, sen yaxshi yashash uchun SHveciya hujjatlarini olding".

"Kommersant"ning qayd etishicha, ikkinchi chechen urushi chechenlarning Evropa mamlakatlariga ko'chishiga tasir ko'rsatgan: "Ikkinchi CHechen urushidan keyin ko'plab qochqinlar Evropa davlatlari tomonidan qabul qilingan. Evropa Ittifoqidagi rasmiy qochqin maqomi talim sohasida hamda tibbiy yordam olish huquqini beradi. Bu esa kelajakda, albatta, agar xohlasa, mahalliy hayotga to'liq qo'shilish imkonini taqdim etadi".

Bungacha CHimaev ko'chib o'tishdan keyingi qiyinchiliklar haqida gapirdi: "Men SHveciyaga ko'chib o'tdim va bizni immigraciya xizmatiga olib kelishdi. Ular bizga xona berishdi. Singlim, onam, men - hammamiz birga yashardik. Bu qiyin edi. Ko'plab odamlar: "Men gettodanman, u erdan va u erdanman" deyishadi".


SHveciyada CHimaevga akasi yordam bergan - ular fabrikada birga ishlashgan. Fuqaroligi yo'qligi sababli xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan

CHimaev SHveciyaga ilk bor 2013 yilda borgan (o'shanda u 19 yoshda edi). Xamzatni u erga avvalroq ko'chib kelgan akasi Artur taklif qilgan. "Menga akam homiylik qildi, yordam berdi, u tufayli men shu darajadaman", dedi CHimaev 2020 yilda UFC'dagi debyuti oldidan. Aka-uka muzqaymoq zavodida birga ishlashgan. Ishdan keyin kichik CHimaev erkin kurash bo'yicha mashg'ulotlar uchun sport zaliga bordi va u jamoada o'zini ko'rsata oldi. "U Lingcheping klubi nomidan jang qildi va u bu klubda maksimal darajada qo'llab-quvvatlandi - biz musobaqaga kelganimizda mehmonxona uchun pul to'ladik. Yani, boshqa ishtirokchilar zalda polda uxlashardi, lekin men Xamzat bilan mehmonxonada yashardik" deydi Artur CHimaev.

CHimaev erkin kurash bo'yicha mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi, ammo fuqaroligi yo'qligi sababli SHveciya terma jamoasi nomidan xalqaro turnirlarda qatnasha olmadi. "Bir paytlar terma jamoa murabbiylari unga Franciyada xalqaro musobaqalar bo'lishini aytishgan. Tayyorlana boshlashdi, keyin qo'ng'iroq qilib, fuqaroligi yo'qligi sababli licenziya bermasliklarini aytishdi. Yani, SHveciya chempionati u uchun eng yuqori cho'qqi bo'ldi", deya tushuntirdi Artur CHimaev. 

SHundan so'ng CHimaev MMAga o'tdi, lekin akasi uni doimiy tarzda ishlashga undardi. Stokgolmga safaridan so'ng u All Stars klubida Aleks Gustafsson va Reza Madadi bilan sparring qildi - ular Xamzatga kundalik hayotda yordam berishdi. CHimaev SHveciyada havaskor sifatida jang qildi va professional debyutini amalga oshirdi. UFC'ga o'tishdan oldin u qamoqdan chiqqan odamlarning uylarida va tungi klublarda tartibni saqlaydigan kompaniyada qo'riqchi bo'lib ishladi: "Men ular hech narsani buzmasliklari, tartibsizliklarga yo'l qo'ymasliklari va begona odamlarni kiritmasliklarini nazorat qilishim kerak. Qamoqdan chiqqan yigitlarning hammasi kvartira olguncha shu uylarda yashaydi. Qamoqxonaga kirib-chiqqan inson uchun kvartira sotib olish unchalik ham oson ish emas. Ular ahloq tuzatish bosqichidan o'tishlari kerak. Bazan ular toshbo'ron qilishadi, bir-birlari bilan janjallashishadi. Biz ularni to'xtatib, tartibga solishimiz kerak".


CHimaev o'zini tinchlikparvar odam deb ataydi. U uchun SHveciya ikkinchi vatan!

CHimaev 10 yildan ortiq SHveciya bilan aloqador bo'lishiga qaramay, o'zini rossiyalik deb hisoblaydi: "Meni Rossiya vakili deyishingiz mumkin. CHunki har bir chechen Rossiya pasporti bilan yuradi. Rossiyadagi barcha millat vakillari bitta pasport bilan sayohat qilishadi. Aytish mumkinki, ularning hammasi rossiyaliklar.

Men dunyo odamiman. Nega: "u chechen", "u rus" deb ajratishimiz kerak. Mendan nega o'sha bayroq bilan chiqmasligimni so'rashadi. Bayroqlar o'zgaradi. SSSRda bitta bayroq bor edi, hozir Rossiyada boshqasi bor. Hamma joyda bayroqlar o'zgaradi, lekin odamlar emas".

2021 yildagi boshqa intervyusida u shunday degan edi: "Birinchidan, men o'zimni musulmon va chechen deb bilaman. Lekin Rossiya menga SHveciyadan ancha yaqinroq. Axir men SHveciyada atigi etti yil yashadim. Men hech bir rus SHveciyaga ketib va o'n yildan keyin o'zini shved deb hisoblaydi deb o'ylamayman. Vatan hamisha qalbda. SHu bilan birga, oilamni yaxshi kutib olgani uchun SHveciyadan juda minnatdorman va bu mamlakatni yaxshi ko'raman".

CHimaev SHveciyani ikkinchi uy deb biladi va shundan bo'lsa kerak, UFC turnirini SHveciyaga olib kelmoqchi: "Ular meni yaxshi ko'rishadi. U erda sportchi bo'lib etishdim, ko'plab shvedlar meni qo'llab-quvvatlashmoqda. Hozir bir siyosatchi u erda (Stokgolmda Quronni yoqib yuborgan) harom ishlarni qilyapti va barcha shvedlar meni qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni yozishmoqda". 

Xamzatning so'zlariga ko'ra, SHveciyada odamlar Rossiyanikiga qaraganda "oddiyroq", ko'chadagi janglar esa kamroq bo'ladi: "Hamma bir xil yashaydi, pul oladi, hech kim och qolmaydi, hammasi yaxshi. Bu erda o'zimni juda qulay his qilyapman. Masalan, farrosh va ofis menejeri ish haqqi o'rtasidagi farq unchalik katta emas. SHveciyada hamma deyarli bir xil turmush darajasida yashaydi".

CHimaev og'ir-bosiq ko'rinishiga qaramay, bir necha bor ko'chada mushtlashgan. "Bir marta men ko'chada ketayotganimda ikki bola menga o'rta barmoqlarini ko'rsata boshladi. Ular marixuana sotishgan, toshbo'ron qilingan. Men yaqinlashib, nega bunday qilishayotganini so'radim. Biri meni kurtkamdan ushlab oldi, men esa uni urdim. Ikkinchisi ham hujum qildi, men ham urib ketdim. Keyin mening ustimdan policiyaga shikoyat qilishdi, muammolar bo'ldi. Yana bir marta, bir yigit menga pichoq bilan hujum qildi, men javob berdim. Bu o'z-o'zini himoya qilish deb hisoblangan. SHveciyada, Rossiyadagi kabi, yangi kelganlar ham bor, yaxshi va yomon odamlar bor. Men bir yigit bilan do'st edim, u menga bir nechta yoqimsiz so'zlarni aytdi, men javob berdim. Janjal boshlandi, u pichoq chiqarib, menga hujum qildi. Men esa uni kaltaklashimga to'g'ri keldi".

Artur CHimaev: Bir marta Xamzat Kalmarda jangga kirishib, bir yigitni itarib yubordi - u yiqilib, oyog'ini jarohatlab oldi: "Sud bo'ldi, unga kichik jarima (30 yoki 40 ming rubl) va taxminan 50 soatlik ijtimoiy ish berishdi".


CHimaev Kadirov bilan do'st: faoliyatini davom ettirishiga ko'ndirgan Ramzan unga «Mercedes» sovg'a qilgan

CHimaevning akasi Arturning aytishicha, u oilasi bilan CHechenistonga qaytgan, ammo Stokgolmdagi masjidda Quron yoqib yuborilganiga qaramay, Xamzat rafiqasi bilan SHveciyada qolgan: "Nazarimda, u ham bu mamlakatni tark etishni o'ylaydi, aniq qadamlar qo'yilmagan bo'lsa-da, bu masala ko'rib chiqilgan. SHunchaki, uning butun jamoasi SHveciyada. Ularning hammasi musulmon emas, lekin qarashlari bir xil".

BORZ SHveciyada qolmoqda, biroq CHecheniston rahbari Ramzan Kadirov bilan yaxshi munosabatda. Yaqinda Ekspressenga bergan intervyusida undan Kadirov bilan munosabatlari haqida so'ralgan: "U Yurtimning (CHecheniston) prezidenti va uni hurmat qilaman. U meni kechki ovqatga chaqirsa, bajonidil boraman. Agar AQSHda bo'lsam ham prezident meni taklif qilsa, borib u bilan tushlik qilaman. Kadirov haqida mening fikrim qanday? Men sportchiman".

Vaqti-vaqti bilan CHimaev CHechenistonga keladi va Kadirov bilan uchrashadi. CHecheniston rahbari unga Mercedes GLE 450 rusumli avtomashina sovg'a qilgan va CHimaev belgilangan vaznni bajara olmaganda, Neyt Diazga qarshi jangga tasir o'tkazmoqchi bo'lgan: "Ramzan Axmatovich menga qo'ng'iroq qilib, Neytga qarshi jangga rozi bo'lishi uchun 2 million dollar berishini aytdi. Men Diazga aytdim, lekin u baribir rad etdi".

CHimaev koronavirusga chalinganidan so'ng faoliyatini yakunlamoqchi bo'lganida Kadirov unga to'xtatmasligi kerakligini tushuntirgan. "Men unga butun chechen xalqi bu xabardan xafa ekanligini aytdim. Barcha yoshlarimiz uning g'alabasidan umidlari katta ekanligini, u kimlarni ruhlantirayotganini, Rossiya va dunyodagi millionlab muxlislarini eslatdim!", – dedi Kadirov. SHundan so'ng Xamzat CHechenistonga uchib ketdi, o'sha erda reabilitaciyadan o'tdi va mashg'ulotlarni boshladi. Keyinchalik jangga qaytdi. 

SHuningdek, Xamzat CHimaev ham Kadirov oldidagi qarzini uzib qo'ydi. U CHecheniston rahbarining o'g'li Eli bilan birga mashg'ulot o'tkazdi, u 2022 yil dekabr oyida (16 yoshida!) professional MMAda debyut qilgan. CHimaev unga sekundantlik qildi, Abu-Dabida tayyorlandi va g'alabadan keyin Elini kamtarin deb atadi.

UFC 294 turnirida esa Kadirovning o'g'li Xamzatning burchagida edi.


Xorij nashrlari asosida Sarvinoz Rahmonqulova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing