So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

10 jan 09:29
Yangiliklar

Tadbirlar

Namangan viloyati hokimi Yangiqo'rg'on tumaniga 100 mln so'mlik sport jihozlari uchun sertifikat taqdim etdi

SHu kunlarda Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanining mashhur Nanay qishlog'ida yoshlar festivali bo'lib o'tmoqda.

Festival doirasida ommaviy sport tadbirlari ham tashkil etildi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi yangiqo'rg'onlik voleybolchi qizlarni alohida etirof etdi va ular erishayotgan yutuqlar zamirida mahalliy murabbiy Ilhomjon Turdievning hissasi katta ekanligini alohida takidladi.

—CHekka qishloqlarda sport mana shunday fidoyi insonlar tufayli rivojlanmoqda. Ularni ezozlashimiz va mehnatini qadrlashimiz, bu kabi murabbiylar safini kengaytirish harakatida bo'lishimiz kerak, — dedi viloyat hokimi.

SHundan so'ng sportning og'ir atletika, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, boks kabi turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Tumanda tashkil etilgan musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari topshirildi.

SHu kunning eng kulminacion voqeasi sifatida Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzaqov Yangiqo'rg'on tumanida jismoniy tarbiya va sport tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 100 million so'mlik sport jihozlari uchun sertifikatni topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing