So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

01 iyu 18:59
Yangiliklar

Dzyudo

Namanganda ixtisoslashtirilgan dzyudo zali hamda futbol maydoni foydalanishga topshirildi FOTOGALEREYA

Teglar :  DzyudoNamangan
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan yosh avlodni aqlan etuk qilib tarbiyalash bilan bir qatorda jismonan barkamol etib voyaga etkazish jamiyat va davlat oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Namangan shahridagi 52-umumtalim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi ixtisoslashtirilgan dzyudo zali hamda suniy qoplamali futbol maydoni mahalliy yoshlar ixtiyoriga topshirildi. Bu ikki sport obekti 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga haqiqiy bayram sovg'asi bo'ldi. 

Ushbu engil konstrukciyali (sendvich panelli) dzyudo zalining tantanali ochilish marosimida Xalq talimi vaziri Baxtiyor Saidov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Namangan viloyati sporti mutasaddilari ishtirok etishdi. 

"Qisqa fursatda Xalq talimi vazirligi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda qator tashkilotlar bilan birgalikda namanganlik yoshlar uchun sovg'a hozirlashga harakat qildik. Qolaversa, ixtisoslashtirilgan dzyudo zali 1 iyun – Xalqaro bolalar kunida “Davlatobod” mahallasi yoshlari uchun chin manoda bayram sovg'asi bo'ldi. Prezidentimiz sizlarning sport bilan shug'ullanishingiz uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beryaptilar. Faqat bu imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak. SHundagina kelajakda ota-onangiz, oila azolaringiz, mahalladoshlaringiz va eng muhimi – jonajon Vatanimizni yuksaklarga ko'tarasiz", - dedi ochilish marosimida so'z olgan A.Kamilov. 

So'zga chiqqanlar qisqa fursatda bunyod etilgan dzyudo zali mahalliy yoshlar hamda maktab o'quvchilari uchun chinakam sovg'a bo'lgani, kelajakda ushbu sport maskanidan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqishi, eng muhimi, ushbu zal dzyudo bilan shug'ullangan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, salomatliklarini yanada mustahkamlashlari uchun xizmat qilishini alohida takidladilar.        

Reja bo'yicha yil oxirigacha Respublikamizning qolgan viloyatlarida ham xuddi shu ko'rinishdagi nafaqat dzyudo zallari, balki ko'p tarmoqli sport maskanlari foydalanishga topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing