So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

05 sen 10:23
Yangiliklar

Karate

Namanganda NUR-HAS karate markazi tomonidan seminar o'tkazildi FOTOGALEREYA

Namangan viloyatida shinkiokushinkay karate bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.

NUR-HAS karate markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu seminarda murabbiylar Mutal Nazarov va SHamsiddin Eshonov ushbu yakkakurash turi bilan shug'ullanayotgan yoshlarga nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'tab berishdi. Eshonov to'rt yil mobaynida Rossiya Federaciyasida tahsil olib qaytdi. SHundan so'ng tajribali murabbiy Hasan Nazarov qo'l ostida bilimlarini yanada boyitdi. Hozirda Namangan viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad 14-15 oktyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan 13-jaxon chempionati hamda 23-24 sentyabr kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan "Mustaqillik kubogi"ga viloyat terma jamoasi azolari hamda nomzodlarini tayyorlash, ularning mahorat darajasini oshirishdan iborat.

"Kiokushinkay karate bilan Rossiya davlatida to'rt yil shug'ullanib, tahsil oldim. O'zbekistonga qaytib, "NUR-HAS" karate markazi asoschisi, ustoz sensey Hasan Nazarov qo'llarida malaka oshirdim. Hozirda Namangan viloyati bosh murabbiyi sifatida faoliyatimni davom ettiryapman. Bugungacha yigirmadan ziyod O'zbekiston chempionlari tayyorladim. Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yuzdan ortiq shogirdlarimga shinkiokushinkay karateni o'rgatib kelyapman", - deydi SHamsiddin Eshonov.

Bu kabi seminarlarni Respublikamizning boshqa viloyatlari va shaharlarida ham o'tkazish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing