So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

29 may 17:40
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Navbatdagi majlis: O'zbekistonda Olimpiadaga tayyorgarlik aslo susaytirilgani yo'q

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoamiz vakillarining karantin davridagi mashg'uloti, ularning sport formasini imkon qadar yuqori darajada ushlab turish borasida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, may oyining so'nggi haftasida O'zbekiston boks, dzyudo, karate WKF, og'ir atletika, qilichbozlik, gimnastika, velosport, Rowing&Canoe, suzish, tennis, zamonaviyi beshkurash federaciyalari, taekvondo WTF, sport kurashlari hamda Paralimpiya associaciyalari rahbariyati, bosh kotiblari, bosh trenerlar va trenerlar bilan ZOOM platformasi orqali yig'ilishlar o'tkazildi. Unda bevosita MOQ prezidenti R.SHoabdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Irmatov, MOQ prezidenti maslahatchisi N.Xudaykulov, boshqarma boshlig'i A.Nizametdinov va departament direktori A.Karimov ishtirok etib, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, sportchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash masalalari yuzasidan muhokama olib borishdi.

Mazkur yig'ilishlarda yuqorida qayd etilgan har bir federaciya va associaciya bosh kotiblari, bosh trenerlari tomonidan Olimpiya o'yinlariga licenziya olishi kutilayotgan har bir sportchilarning 2018-2020 yillardagi natijalari, bugungi kundagi jismoniy holati va qo'lga kiritishi kutilayotgan natijalari yuzasidan himoya-taqdimoti va hisobotlari eshitildi.

Yig'ilishlarda, pandemiya sharoitida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, sportchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash yuzasidan barcha qiziqtirigan savollarga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati tomonidan asoslantirilgan javoblar va tavsiyalar berildi.

SHuningdek, sport federaciyalari va associaciyalari rahbarlariga himoya-taqdimot sifatida tayyorlangan slaydlar va hisobotlarni bayonlashtirib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga taqdim etish topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing