So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

11 fev 10:01
Yangiliklar

Bolalar sporti

Navoiyga ehtirom...

CHirchiq shahar Xalq talimi bo'limiga qarashli 25-umumiy o'rta talim maktabida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag'ishlangan “Navoiyga ehtirom” nomli manaviy – marifiy va sport tadbiri bo'lib o'tdi.

Unda CHirchiq shahar hokimligi, Xotin-qizlar qo'mitasi, CHirchiq shahar xalq talimi hamda jismoniy tarbiya va sport bo'limi mutasaddilari, turli tashkilot vakillari, adib va shoirlar, maktab o'quvchilari va mahalla faollari ishtirok etdi. 

Tadbirni maktab direktori Arzigul Abdurahmonova yig'ilganlarni sheriyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning 577 yilligi bilan qutlab, tadbirni ochib berdi. SHundan so'ng maktab jamoasi tomonidan Navoiy g'azallariga bastalangan qo'shiqlar kuylandi. O'quvchi-yoshlar  ulug' shoirning sher va g'azallarini zo'r mahorat o'qib berishdi.  

SHuningdek, tadbir davomida Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlangan belbog'li kurash bo'yicha turnir ham tashkil etildi. Maktab sport zalida tashkil etilgan musobaqada ellik nafardan ortiq bolalar 27, 33, 38 kilogramm vazn toifalarida bellashishdi. 

38 kg vazn toifasida Bekzod Akbarov 1-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rin Firdavs Aliev hamda Husan Aliboevlarga nasib etdi. Yosh belbog'li kurashchilarning 33 kg vazndagi bellashuvlarida Javlon Ro'ziboev barcha raqiblarini engib, birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'ringa  Faxat Majidov, uchini o'ringa esa Hayitnazar Valijonovlar egalik qilishdi. 27 kg vaznda Fayyoz Mahmudov birinchi, SHoxjahon Zokirov ikkinchi, SHoxjahon Ummatov uchinchi bo'lishdi. 

SHuni alohida takidlab o'tish kerakki, ushbu hududda milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni yoshlar o'rtasida rivojlanishida CHirchiq shahar BO'SMning jonkuyar va tajribali murabbiylari Iqbol Isaev va uning rafiqasi Dilfuza Mamatxo'jaevlarning mehnatinitahsingga loyiq deyish mumkin. 

Ayni paytda ushbu murabbiylar ellik nafardan ortiq chirchiqlik maktab yoshidagi o'quvchilarga belbog'li kurash sirlarini o'rgatish bilan jismoniy tarbiya va sportni ommalashishiga hissa qo'shishmoqda. Javohir Pardaev, Kamron Majidov, Samandar Omonboev, Madiyor Egamqulov singari bir qancha shogirdlari mamlakat miqyosidagi musobaqalardan sovrinsiz qaytishmaydi.

SHuningdek, mazkur 25-umumiy o'rta talim maktabining jismoniy tarbiya va sport ishlari yaxshi yo'lga qo'yilganiga ham guvoh bo'lish mumkin. Maktabning mavjud ikkita sport zalida o'quvchilar sportning stol tennisi, basketbol, voleybol, shaxmat-shashka, enil atletika turlari bo'yicha tashkil etilgan to'garaklarda muntazam ishtirok etishi orqali turli bellashuvlarda g'oliblar qatoridan joy olishayotgani quvonarli. 

Hayitboy Yadigarov, Ro'zimat Yo'ldoshev va Ilyos Gabidulinlardan iborat jismoniy tarbiya o'qituvchilari o'quvchilarni sportga oshno etishdan charchashmaydi. Maktab direktori, mohir pedagog, doim yuzida tabassum bilan yuradigan, tashabbuskor  Arzigul opa Abduraxmonova esa talim maskanida jismoniy tarbiya va sportni hech qachon etibor-nazardan chetda qoldirmaydi.


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing