So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

26 noy 20:08
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Navoiylik sportchilar O'zbekiston kubogi sohibi bo'ldilar + FOTO

Teglar :  SuzishNavoiy
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo'yicha o'tkazilgan mamlakat kubogi bahslari yakuniga etdi.

Musobaqaning beshinchi kuni ishtirokchilar 50 metr masofaga chalqancha, 100 metrga batterflyay, 200 metrga brass, 400 metr masofaga erkin va 4x100 metr masofaga estafeta bahslarida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordilar. 

SHu o'rinda takidlash joizki, mamlakat kubogi bahslarining so'nggi kuni kutilganidek murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi. 

Qizg'in kechgan bahslarning yakunlariga ko'ra 50 metr masofaga chalqancha usulda suzish bo'yicha erkaklar orasida qoraqalpog'istonlik Adilbek Yusupbaev birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni Andijon viloyati vakili Mahmudshox Qodirov band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka sirdaryolik Mixail Kleshko yakun yasadi.

Xuddi shu yo'nalishda ayollar o'rtasida kechgan bahslarda Navoiy viloyati vakili Alyona Vasileva marraga birinchi bo'lib etib keldi.

SHundan so'ng 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Ushbu musobaqada erkaklar orasida andijonlik Eldorbek Usmonov, xotin-qizlar o'rtasida esa Anastasiya Zelinskaya oltin medal bilan taqdirlanishdi.

200 metr masofaga brass usulida suzish bo'yicha erkaklar o'rtasida g'oliblikka Respublika oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi Roman Berkovich sazovor bo'ldi. Andijonlik Timur Yazikov ikkinchi, Toshkent shahri vakili Emir Aliev uchinchi o'rinni band etdi.

400 metr masofaga kompleks usulda suzishda erkaklar orasida Respublika oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchisi Egor Petryakov shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

4x100 metr masofaga erkin usulda estafeta bahslarida Navoiy viloyati vakillari birinchi o'rinni egallashdi. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi ikkinchi, Toshkent shahri vakillari uchinchi o'rinni band etishdi.

SHu tariqa besh kun davom etgan musobaqa yakunlariga ko'ra umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan Navoiy viloyati vakillari O'zbekiston kubogi sohibi bo'ldilar. Toshkent shahri jamoasi ikkinchi, Respublika oliy sport mahorati maktabi tarbiyalanuvchilari esa uchinchi o'rinni egallashdi.

Musobaqa so'nggida barcha g'olib va sovrindorlarga medal va esdalik sovg'alari tantanali suratda topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing