So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

22 may 18:39
Yangiliklar

Taekvondo

Nigora Tursunqulova: "Tokioga katta jamoa bo'lib borish nasib qilsin!"

O'zbekistonlik taekvondochi Nigora Tursunqulova Iordaniyaning Amman shahrida o'tgan osiyolik sportchilar uchun licenzion turnirda finalga chiqdi va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ketma-ket ikkinchi bor olimpiya o'yinlarida qatnashadigan Tursunqulova O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi. 

"Olimpiadaga yo'llanma olganimdan juda ham xursandman! Nafaqat o'zim uchun, balki Ulug'bek Rashitov uchun ham ikki karra xursand bo'ldim. Yuzimiz yorug' bo'lgani uchun yaratgandan minnatdorman. 

Ushbu licenziyalarni qo'lga kiritishda bizga yordam bergan rahbariyatimizga, murabbiylarimizga va ota-onalarimizga ming rahmat. Bugun janglardan oldin O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SHerzod Tashmatov Iordaniyaga etib keldilar va zalning o'zida bizni qo'llab-quvvatlab turdilar. Bu bizga albatta qo'shimcha kuch berdi. 

Bugun dayanga chiqadigan Svetlana Osipovaga ham omad tilayman. Undan keyin uch nafra parataekvondochilarimiz ham licenzion musobaqada ishtirok etishadi. Ularga ham maksimal ravishda licenziyalarni qo'lga kiritishlarini tilab qolaman. Tokiodagi Olimpiadaga katta jamoa bo'lib birga borish nasib qilsin!", - deydi Tokio-2020 licenzianti Nigora Tursunqulova.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing