So’nggi yangiliklar

18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0

23 okt 14:20
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Nima uchun butun dunyo Fedor Emelyanenkoni yaxshi ko'rib qolgan?

Teglar :  Fedor Emelyanenko
2000 yillarning boshida Fedor Emelyanenko MMA sport turini Rossiyada keng tarqalishiga sabab bo'ldi.

"So'nggi Imperator" bugun oktagonga qaytadi

2000 yillarning boshida Fedor Emelyanenko MMA sport turini Rossiyada keng tarqalishiga sabab bo'ldi. U o'sha vaqtlarda Pride FC (davrning eng kuchli promousheni)da chempionlikni qo'lga kiritgan va o'n yil davomida hech kimga mag'lub bo'lmagandi. 

Emelyanenkoning bugungi jangidan avval uning faoliyatidagi eng ajoyib janglarini yodga olamiz. 

Yosh Fedor oktagongda o'zgacha harakat qilgan. Uning Prodigy va Pride FC'dagi harakatlari daxshatli tarzda  chiqqan. "So'nggi Imperator" MMAdagi faoliyatini 2000 yilda boshladi. Uning boshqa rossiyaliklardan farq bor edi, u hech qachon restoranlarda va taqiqalgan joylarda jang qilmagan. Uning uchun dastlab Rossiyada turnirlar tashkil etishdi, keyin esa Yaponiya...

Gigangdaga qarshi jang: Braziliyalik Zulu va koreyalik CHxve Xon Manning mag'lub etilishi uni Rossiya internet olamini portlatib yuborishga sabab bo'ldi. 

Fedorning o'zidan ancha yirik bo'lgan raqibga qarshi jangini butun dunyo unutmasa kerak. CHunki odamlarning fikri bo'yicha, raqib qancha katta bo'lsa, uni mag'lub etish ham shunchalik qiyin bo'ladi. Gigant Zuluning bo'yi 201 sm vazni esa 180 kg edi. Biroq jangning birinchi raundida Fedorning tezkor zarbalari raqibini nokaut bo'lishga sabab bo'ldi. 


CHxve esa Zuludan ham uzunroq edi. Tasavvur qilinglar 218 smli jangchini Fedor Emelyanenko og'ritish usuli bilan birinchi raundning o'zida mag'lub etdi...


Xorvatiyalik policiyachi Mirko Filippovich: Muxlislar Fedorning g'alabasini ukasining mag'lubiyatiga qasos deb o'ylashadi, aslida unday emas.

2004 yilda xorvatiyalik Mirko Filippovich Fedorning ukasi Aleksandrni chuqur nokuat holatiga tushirib qo'lgandi. Jangdan bir yil o'tib Emelyanenkolarning kattasi Mirkoga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang nokuatgacha bormadi, biroq muxlislar uchun ajoyib jang bo'lgan bahsda Fedor raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Bu g'alabadan so'ng muxlislar akasining ukasi uchun qasosi deb fikr bildirishdi. Biroq Fedor bunday hisoblamasligini malum qildi.


Kevin Rendlmening daxshatli uloqtirishi: Fedor bo'yni bilan tushdi, biroq o'ziga kelib raqibini mag'lub etgan

Kevin Rendlmen - UFC sobiq chempioni. U Yaponiyaga Pride kamarini qo'lga kiritish uchun keldi. Kevin dastlab Mirkoni tamom qildi. Fedor ham unga qarshi jangda ancha qiyinchilikka uchradi. Esingizda bo'lsa kerak, o'sha daxshatli otish... Muxlislar va ekspertlar o'sha vaziyatda shokka tushib qolishdi. Hamma hayratda, biroq Fedor o'zini o'nlab oldi va vaziyatdan bir daqiqa o'tib, raqibini og'ritish usuli bilan mag'lub etdi.

Yaponiyalik dzyudochi jangdan avval qo'l berishni istamadi va buning uchun tavon to'ladi

Naoya Ogava - dzyudo bo'yicha ko'p karra jahon chempioni va Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi. 

Pride gran prisining yarim finalida Fedor aynan yaponiyalik dzyudochiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Yaponiyalik jang tashkil etilishdan boshlab Fedorga hurmacizlik qildi. U qo'l berib ko'rishishni istamadi va jang paytida buning uchun javob berdi. Jangning birinchi soniyalaridan boshlab Emelyanenko raqibiga bosim qildi va raqibini ilk raundning o'zida mag'lub etdi.


"So'nggi Imperator" ishtirokida ko'plab qiziqarli va ajoyib janglar bor. Biz yozganlarimiz "hamir ichidan patir" edi. 

Nima bo'lgan taqdirda ham Fedorning bugungi jangida omad tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing