So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

06 okt 18:27
Yangiliklar

Qilichbozlik

Nima uchun qilichbozlikdan ketdim? Sportchi norozi va u faoliyatida yuzaga kelgan holatlar haqida malumot berdi

Teglar :  QilichbozlikLolita
Ko'pchilik menga savol bilan murojaat qilmoqda: "Nima uchun?"

"Bugun buning sababini sizlar bilan o'rtoqlashmoqchiman. Aniqrog'i, yuzaga kelgan vaziyatlar va holatlar bo'yicha o'z blogimda yozib o'tmoqchiman", - deb so'z boshlaydi Lolita Ziyaxodjaeva. 

"Umuman olganda uzoq vaqtdan buyon mashg'ulotlarni to'xtatmoqchi bo'lib yurgandim. CHunki federaciyaning (O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi nazarda tutilmoqda - Olamsport) sportchilarga, shu jumladan menga bo'lgan munosabati jonimga tegib ketdi. Ammo, karantin oldidan ushbu ishni amalga oshirishim uchun 100 foiz turtki va kuch berdi. Pandemiyagacha oyimga shunday deyishgandi: "Qizingiz reytingda birinchi o'rinda turgani - xech qanday ahamiyatga ega emas. U istiqboli bor sportchi emas. Ajoyib-a? Aytinchi, reyting nimaning hisobiga olinadi? CHiroy va go'zallik hisobigami? Yo'q. Reyting musobaqalardagi ochkolar evaziga yig'iladi. Men birinchi o'rinda turibmanmi, bu nimani bildirishini siz tushunib turibsiz. Reytingda 3 yoki 4-o'rinni egallab turgan vaqtlarimda menga "1 yoki 2-o'ringa chiqsang o'ylab ham o'tirishmaydi" deyishgan. Mana bundan nima chiqib turibdi)


Aniqrog'i, men 6 yil davomida ertalabdan kechgacha zalda shug'ullandim. Yakunda meni kelajagi yo'q sportchi sifatida yig'in va musobaqalardan chetlashtirishlari uchun shunday qilgan bo'lib chiqamanmi? Men o'zimni buyuk sportchi deb atamoqchi emasman. Yo'q. Ammo doimo g'alaba qozonganman. Ko'p bora kurash olib borishimga to'g'ri kelgan. Men "terma jamoa"gacha, o'z murabbiyim bilan shug'ullanganimda barchasi joyida edi. Bu ahmoqona va keraksiz mashg'ulotlar, murabiylar esa xattoki yuklamani ham to'g'ri bera olishmasdi. Ularning tushunchasi qanday, bilasizmi? Qancha ko'p va qiyin bo'lsa, shuncha yaxshi. Sportchilarning sog'lig'i va kuchiga tupurib qo'yishgan. Ushbu mashg'ulotlar orqali shunday bo'lib qoldimki, endi men cho'kkalab bir daqiqa ham o'tira olmaydigan bo'lib qoldim. O'tirgan holda umuman mashq bajara olmayman. 



"Sizlar bizning bo'lajak chempionimizsiz", - deyishgandi buyuk murabbiylarimiz. Ularning o'rgatishi haqida ko'p, lekin yaxshi bo'lmagan gaplarni gapirishimiz mumkin. O'tgan yili bizga 1 oyga Rossiyadan yosh murabbiy keldi. U bizga g'alaba qozonishimizga, shug'ullanib, katta muvaffaqiyatlarga erisha olishimizga ishonch berdi. Bir oylik mashg'ulotlar ajoyib o'tdi. U bizning terma jamoadagi murabbiylar kabi pul uchun emas, balki natija uchun ishladi. 

Men shu qadar ishtiyoq bilan mashg'ulotlarga bordimki, tasavvur qila olmaysiz. Ammo federaciya u murabbiyni olib qolishga harakat ham qilmadi va bizga boshqa murabbiy keldi. Bizni faqatgina yig'in va Osiyo chempionatiga olib borishdi. "Medallar bilan qayting" degan so'zlar bilan bizni kuzatishdi. Qanday medallar? :)) Sen yil bo'yi bitta jamoa bilan shug'ullanasan, xech qanday tajriba yo'q, xattoki murabbiylar ham biz buni uddalalay olmasligimiz haqida gapirishardi. Sizga qanday medallar kerak? U erda yutqazib ko'ringchi, shunday gaplarni eshitasiz: "Turist, yaxshisi seni olib kelmaganimiz yaxshi edi. SHarmanda". 

Musobaqalarda yo'lakcha oldida murabbiylarning "gapiradigan gaplari" esa shunchaki uyat. Faqat baqirish va so'kish. Xech qanday foydali gap yo'q, faqatgina keraksiz shovqin. Bilaman, bu faqat qilichbozlikda emas, ammo sizga biz bilan nimalar sodir bo'lganini aytib beryapman. Bu yil bizni shartnoma bo'yicha taklif etilgan murabbiy shug'ullantirdi va shaxsiy murabbiylarimiz bilan ishlashni taqiqlashdi, tasavvur qilyapsizmi? Xuddi "Mana bizning murabbiy, u bilan shug'ullaning" degandek. Yaxshiroq tushunishingiz uchun, biz 20 kishi edi, u esa bir o'zi. Qish boshlanishi oldidan men Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun shaxsiy murabbiyim bilan shug'ullanish uchun ruxsat so'ragandim. Avvaliga menga ruxsat berishmadi, keyin esa oradan qandaydir vaqt o'tgach, bunga rozi bo'lishdi. Lekin endi kech edi. Axir men kelajagi yo'q sportchimanku. 


SHunchaki men qachon ketish kerakligini, nimalarga qodir ekanligimni bilaman. Ammo haliyam tepadagilarni gapiga ishonib yurganlarga achinaman, umuman olganda xech kimga farqi yo'q. Ular faqat o'z rolini o'ynashadi va faqatgina pul uchun o'z joylaridan havotir olishadi", - deya yakunlagan Lolita o'z chiqishini. 

Malumot uchun, Lolita rapira yo'nalishida musobaqalarda ishtirok etadi.


Biz ushbu vaziyat yuzasidan O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi munosabatini kutib qolamiz. Ikkinchi tomonni ham eshitishga tayyormiz.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing