So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

16 okt 09:20
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov "Aimchess Rapid" turnirida hamon peshqadam!

Xabaringiz bor, shu kunlarda shaxmat bo'yicha "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqasi o'tkazilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu nufuzli turnirda jahonning reytingi baland grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona suryapti. Yulduz shaxmatchilar qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. 

Quvonarlisi, tezkor shaxmat bo'yicha jahonning eng yosh va shu bilan birga amaldagi chempioni hisoblangan Nodirbek ortda qolgan 8 tur natijalariga ko'ra dunyoning eng kuchli 16 nafar shaxmatchisi orasida turnir peshqadami bo'lib turibdi. Abdusattorov kechagi bahslarga qadar Mittal Aditya (Hindiston), Richard Rapport (Ruminiya), David Anton Guijarro (Ispaniya) ni mag'lub etib, hindistonlik Arjun Erigaisi bilan durang o'ynagandi. 

Kecha tunda o'tkazilgan partiyalarda ham Abdusattorov ancha ishonchli harakat qildi. Faqat 5-turda u hindistonlik Vidit Santoshga qora donalarda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Oltinchi turda boshqa bir hind grossmeysteri Dommardju Gukesh taslim etildi. Nodirbek Gukeshni 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining muhim bahsida ham mag'lubiyatga uchratgandi. Ettinchi partiyada hamyurtimiz qora donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik taniqli grossmeyster Pentala Xarikrishnani engdi. Sakkizinchi turda yana qora donalarda harakat qilgan Nodirbek reytingda o'zidan yuqorida borayotgan niderlandiyalik Anish Giri bilan murosaga keldi. 

Nodirbek 5 ta g'alaba, 2 ta durang va 1 mag'lubiyatdan so'ng 24 imkoniyatdan 17 ochko jamg'arib, turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov va jahon tojdori Magnus Karlsen joy olgan. Ular hisobida 16 ochko bor. Bitta g'alaba uchun shaxmatchilarga 3, durangga 1 ochko beriladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing