So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

14 dek 08:44
Yangiliklar

Sport kurashlari

Nodirjon Safarov: "Birinchi murabbiyim - OTAM!"

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Nodirjon Safarov faoliyati davomida o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi musobaqalarda aytishga arzigulik yutuqlarga erishdi.

Bugungi sahifamiz qahramoni Nodirjon bilan uning faoliyati xususida gaplashdik. Darvoqe, sportchilar oilasida dunyoga kelgan Safarov turmush o'rtog'ini ham aynan sportdan topdi. U taekvondo bo'yicha terma jamoamiz azosi, Osiyo o'yinlari hamda Osiyo chempionatlari sovrindori Madina Mannopova bilan hayot yo'llarini bog'ladi.      

- Nodirjon, adashmasam sportchilar oilasida dunyoga kelgansiz. Sportni tanlashingizda ham shu omil sabab bo'lgan, shundaymi?

- O'zim Toshkent viloyatining Bekobod shahrida dunyoga kelganman. Haqiqatan ham siz aytgandek, sportchilar oilasida o'sib-ulg'aydim. Otam Nozimjon Safarov o'zlari kurashchi bo'lganlar. Erkin kurash bo'yicha SSSR sport ustasi darajasigacha chiqqanlar. Tabiiyki, oila muhitida sportdan boshqa kasbni tanlay olmasdim. Otamning o'zlari erkin kurash sirlarini o'rgata boshladilar. Hozirgidek borcovkalar bo'lmagan, gimnastika cheshkalarida mashg'ulot o'tkazganmiz. Sekin-asta avvaliga Bekobod, keyin viloyat miqyosidagi musobaqalarda shohsupaga ko'tarildim. O'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lganimdan keyin terma jamoada chaqiruv oldim. SHu tariqa, erkin kurashdagi yo'lim boshlandi.

- Sportchining muvaffaqiyatida murabbiylarning o'rni beqiyos. Kimlarni etirof etgan bo'lar edingiz?

- Aytganimdek, sportdagi birinchi murabbiyim otam bo'ladilar. Keyin otamga ustozlik qilgan G'ani akadan ham ko'p narsani o'rgandim. Terma jamoadagi murabbiylarimiz Aleksandr Nedorezov, Adham Ochilov va Abdurauf Bozorboevning ham bugungi darajaga etishishimizda xizmatlari juda katta. Yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'ldim, jahon chempionatidan medal bilan qaytdim. Qozog'istonda o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdim. Terma jamoamiz bu qita chempionatida 1 tadan oltin va kumush, shuningdek 2 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi. Mazkur musobaqada 57 kg vaznda O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qildim. Bronza medali uchun bo'lib o'tgan uchrashuvda falastinlik Ali Aburumaylani 12-2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdim.

- Yaxshi sportchi bo'lib etishish uchun faqat jismoniy tayyorgarlikning o'zi etarlimi? 

- Yo'q, faqat kuchning o'zi etmaydi. Sportchi ruhiy tomondan ham kuchli bo'lishi kerak. O'zida g'alabaga ishonch yuqori bo'lmog'i zarur. Mag'lubiyatlar bo'lgan paytda, mendan sportchi chiqmas ekan deb qo'l siltab ketmaslik lozim. Sport insonni hayotga ham o'rgatadi. 

- Yaqinda Osiyo o'yinlarida ham ishtirok etdingiz. Bu Osiyo Olimpiadasi hisoblanadi. Medal uchun nima etishmadi?

- Sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatlari hamisha jahon chempionatlari kabi nufuzda o'tgan. CHunki, qitamizda erkin va yunon-rum, ayollar kurashi juda rivojlanib ketgan. Raqobat kuchli. Keyin sportda omad ham muhim rol o'ynaydi. Qura natijasiga ham bog'liq jihatlar bor. Bu safar sovrindorlar safidan joy olish nasib qilmabdi. Bundan tushkunlikka tushganim yo'q. 

- Sportchilik faoliyatingiz yakunlanganidan keyin murabbiylik qilasizmi?

- Katta ehtimol bilan shunday bo'lsa kerak. Bir necha yil davomida to'plagan tajribalarimni yosh avlodga berishni xohlayman. Har qanday holatda ham sportdan uzoqlashib keta olmayman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing