So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

21 may 15:55
Yangiliklar

Boshqalar

Nodirjon Tursunovni tabriklaymiz

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov 44 yoshni qarshi oldi.

Nodirjon Tursunov 1977 yil 21 may kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Oliy malumotli, 2001 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 300 yaqin ilmiy maqola, darslik, qo'llanma, ixtiro va racionalizatorlik takliflari muallifi.

N.Tursunov “O'zbekiston belgisi”, “O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash alochisi” hamda “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishonlari  bilan taqdirlangan. Sport tibbiyoti sohasida 2014 yilda Xalqaro paralimpiya qo'mitasi sport shifokori (IPC Medical Classifier Certificate) 2015 yilda esa Xalqaro toifadagi doping nazoratchi (IL Doping Control Oficcer) hisoblanadi.

Nodirjon Botirovich mehnat faoliyatini 2001 yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya kafedrasi aspiranti sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent shahar 14-son bolalar jarrohlik shifoxonasi shifokori travmatolog-ortopedi, Sog'liqni saqlash vazirligi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, Respublika vrachlik-jismoniy tarbiya dispanseri bosh shifokori, Sog'liqni saqlash vazirligi sport tibbiyoti va doping-nazorati bo'yicha bosh konsultanti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti sport tibbiyoti, gastroenterologiya va fizioterapiya kafedrasi docenti, O'zbekiston Milliy paralimpiya associaciyasi terma jamoalari sport shifokori, shifokor-klassifikatori, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport tibbiyoti va davolovchi jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.

2016 yilda esa O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi docenti sifatida faoliyat olib borgan hamda 2018 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlangan va hozirda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, saytimiz jamoasi Tursunov Nodirjon Botirovichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etgan holda u kishiga uzoq umr, mustahkam sog'lik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatida hamisha omad yor bo'lishini tilaydi!



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing